Fevzi Davletov: "Birinchi bo'limda o'yinga moslashish qiyin kechdi"
07 avg 2024 00:36
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Birinchi bo'limda o'yinga moslashish qiyin kechdi"
O'yin haqida
- Davralar oralig'idagi tanaffusdan keyin birinchi bo'limda o'yinga moslashish bo'yicha qiyinchiliklarga duch keldik. Uzatmalarda xatolar, vaziyatlarni yakunlashdagi kamchiliklar ko'zga tashlandi. Penaltidan ham foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda barchasi joyiga tushdi, to'p nazorati va aniqlikka etibor qaratdik. Bu o'yin bizga Superliga uchrashuvlari oldidan yaxshi tayyorgarlik bo'ldi. Yarim finalga chiqqan ekanmiz, bu bizga ishonch va motivaciya beradi. Olg'a intilishda davom etamiz.
- Amalga oshirilgan transferlar haqida fikringiz?
- Biz o'zimiz hohlagan futbolchilar bilan ishlashni maqsad qilganmiz. Bizning ish uslubimizga tushadigan, berilgan ko'rsatmalarni faol bajaradigan futbolchilarni tarkibga jamlashga harakat qildik.
- Bugungi o'yin uchun 10 ballik baholash tizimida nechchi qo'ygan bo'lardingiz?
- 7 yoki 8 ball. CHunki, tanaffusdan qaytib olishda kamchiliklar bo'ladi. Bugungi o'yinda bizda ham xatolar kuzatildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar