So’nggi yangiliklar

03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  0 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  21 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  85 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  8 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  17

Feruz Boboqulov: "Gessga nima uchun kerak bo'lmay qolganimni tushuna olmadim" Yangiliklar

Feruz Boboqulov: "Gessga nima uchun kerak bo'lmay qolganimni tushuna olmadim"

Birinchi davrada Buxoro sharafini himoya qilgan Feruz Boboqulov bir nechta o'yinlarda raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga muhim ochkolarni keltirgandi.
Biroq shunday bo'lsada, bosh murabbiy Edgar Gess hujumchiga ruhsat berdi. Buning sababini bilish maqsadida Boboqulov bilan bog'landik.

- Feruz, ochig'ini aytganda ikkinchi davrada ham "Buxoro"da qolishingizni kutgandik. Lekin bunday bo'lib chiqmadi. Buni qanday izohlaysiz?
- To'g'risini aytsam, bunga o'zim ham hayronman. Bosh murabbiyning qaroriga ko'ra, men kabi asosiy tarkibning bir qator o'yinchilari jamoa bilan xayrlashdi. Aslida klubda ishlarim yaxshi edi. Barcha bilan munosabatim iliq bo'lgan. SHu bois mavsum oxiriga qadar Buxoroda o'ynashni rejalashtirayotgandim. Biroq kutilmaganda, ruhsat berdi. Ochig'i Gessning ushbu qaroriga sira tushunmadim. Yoki uning o'zi nima uchun bunday bo'layotganini aytmadi. Bosh murabbiyga kerak emas ekansan, har qanday xolatda ham ketishing shart! CHunki suniy yo'llar orqali jamoada olib qolishlarini kutib o'tirish yarashmaydi.

- Mavsum boshida "Buxoro"ga kelishingiz qanday amalga oshgandi?
- U erga klub rahbariyatining taklifi bilan borganman. Gennadiy Kochnev jamoaga yordam berishim kerakligini aytganida yo'q deya olmagandim.

- Ketish oldidan rahbariyat bilan bu borada gaplashgan bo'lsangiz kerak?
- Ha. Lekin bilasizmi maydonda kimni o'ynatishni murabbiy hal qiladi. Rahbariyat hozir Edgar Yakovlevichning oldiga vazifa qo'ygan. Buning uchun unga barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Keyin mavsum so'nggida natija talab qiladi.

- Sizdan tashqari yana asosiy tarkibning bir nechta futbolchilaridan voz kechgan "Buxoro" ikkinchi davrada qiynalib qolmasmikin. Aksiga olib hozir jamoa shov-shuvli haridlarni amalga oshirayotgani yo'q.
- Agar vaziyat shu ketishda bo'lsa, ikkinchi davrada jamoaga qiyin bo'lishi turgan gap. Aziz G'ulomxo'jaev chap qanotda barqaror o'yin ko'rsatayotgandi. SHuningdek tajribali Andrey Akopyanc ham ketdi. Jamoada qolgan yigitlar bilan gaplashib turaman. Ularning aytishicha, taniqli futbolchilar kelmayapti. Aksincha ikkinchi ligadan va oxirgi yillarda hech bir jamoada o'ynamayotgan futbolchilar kelib qo'shilmoqda ekan.  Nima bo'lganda ham "Buxoro"ga omad tilayman.

- Birinchi davradagi faoliyatingizdan qanchalik qoniqish xosil qildingiz?
- Fikrimcha yomon o'yin ko'rsatmadim. Har xolda mahalliy muxlislarning hech biri menga bu borada etiroz bildirmadi. Maqtanyapti demangu, jamoa uchun jami 12 ochko keltirgan gollarni urdim. SHuning uchun ikkinchi davrada ham Buxoroda o'ynashga umid qilgandim.

- Endi kelgusi rejalar qanday?
- Hozircha Navoiydaman. Vaqtinchalik "Qizilqum" yoshlar jamoasida sport formamni yo'qotmaslik maqsadida mashg'ulot o'tkazib turibman. Olimda bir qator variantlar bor. Bu masala dushanba kuni aniq bo'lib qolsa kerak.

- Aynan qaysi jamoalardan taklif bo'layotganini aniq ayta olasizmi?
- Oliy liganing 3-4 ta klubi bilan gaplashdim. Dushanba kuni Toshkentga boraman va ularning maqul kelgani bilan muzokara o'tkazaman. "Dinamo", "Neftchi", "Andijon"...

  Islombek RUSTAMBEKOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика