So’nggi yangiliklar

09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  0 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  0 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  5 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  2 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  7 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   12 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  19 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  6 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  16 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  12 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   13 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  9 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9

Ferrara jangchilari: A Seriyaning yangi mavsumi bizni hayratga solmoqda Yangiliklar

Ferrara jangchilari: A Seriyaning yangi mavsumi bizni hayratga solmoqda

Teglar :  SPALItaliya
A seriyada yangi mavsum boshlanganiga ko'p bo'lmay, Ferrara provinciya jamoasi ko'pchilikni hayratga solib ulgurdi.

SPAL Rimda darvozasi mustahkamligini saqlab qola oldi. “Udineze” bilan bo'lgan uchrashuvda esa 3 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi. Jamoa 3 yil avval Liga Pro/V da ishtirok etganidan xabaringiz bor. Hozirgi kunda Italiya A seriyasida navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. A Seriyasida SPAL detektiv tarzda yuksaldi. Ammo, bu Italiya uchun oddiy xol. C2 Seriyaning “Jankomense” jamoasi doimiy joyidan ko'chib, Ferrarada muqim joylashdi. Jamoalarning murabbiyi esa ikki klubni SPAL-2013 nomi ostida birlashtirib, C2 Seriyasidan joy olishga harakat qildi. Lekin bundan 3 yil o'tib, jamoa oliy italiyan divizoniga “yorib kiradi” deb, kim o'ylabdi deysiz?!


“Benevento”dan farqli ravishda, oq-ko'k ranglilar A Seriyasi mavsumining oliy divizonida 20 mavsumni o'tkazib, birinchilikni qo'lga kiritdi. Bu ko'pchilikning biroz yodidan ko'tarilgan bo'lishi mumkun. CHunki, “spalliklar” A Seriyasida 40 yil avval faoliyat yuritgan bo'lsa, B Seriyasini 24 yil avval tark etgan. Jamoaning oliy yutug'i final kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritgani, shuningdek, 1959-1960-yillardagi mavsumda 5-o'ringa loyiq deb topilgani bo'ldi. 4 yil o'tib, markaziy yarim himoyachi Fabio kelgandan so'ng, jamoa jahon chempionligida barcha klublarni mag'lub etib, Rossiyaga yo'l oldi. Darhaqiqat, Fabio Kapello futboldagi katta yo'lini SPALda boshlagan. Fabio Kapello - “estensi” bilan bog'liq bo'lgan eng jarangdor ism. U Ferrarada nafaqat ijodini boshlagan, balki unda bir qator yutuqlarga ham erishgan. SPAL 5-o'rinni egallagan yilda uning tarkibida o'zining birinchi va oxirgi mavsumida “Inter”ning bo'lajak sardori va 3 karra jahon chempioni Armando Pikki ham bo'lgan. “Napoli”, “Lazio” va “Atalanta” ning bosh murabbiyi Eduardo Reyya oq-ko'k rangli futbolkada besh mavsum o'ynadi. “Kevo”ning afsonaviy futbolchisi Serdjio Pelisse Ferrara viloyatida mavsum oldi va 44 o'yinda 17ta gol urgan. Murabbiylik sohasida esa oq-ko'k kiyimlilardan Janni De Byazi va “Yuventus”ning hozirgi kundagi bosh murabbiyi ham Albaniya Evro-2016 orqali ommaga tanilgan. Allegri “Alyaneze” SPALni ortda qoldirib, C1 Seriyasida 5-o'rinni egalladi va “Grosetto”ga yo'l oldi.


SPALning yuksalishi Leonardo Semplichi nomi bilan bog'liq. U ijodining asosiy qismini C Seriyasida o'tkazib, markaziy himoyachi vazifasida o'ynagan. SHunday bo'lsa-da, u o'zida murabbiylik qobiliyatini shakllantira oldi. U “Arecco”da tinimsiz ravishda shug'ullandi va Florenciyaning “Piza”siga qaytishdan avval “Fiorentini” primaverasiga rahbarlik qildi. 3 mavsum ichida u o'zini yaxshi murabbiy ekanligini ko'rsatdi. Italiya yoshlar terma jamoasi o'rtasidagi kubok va superkubokda g'alaba qozonishga ulgurdi. Semplichi birinchi mavsumda jamoasi bilan 4-o'rinni olgan bo'lsa-da, ammo kelasi yilda B Seriyasiga ko'tarila oldi. Yosh futbolchilar bilan ishlash unga katta foyda keltirdi. Aynan shu sabab, u o'yinchilar bilan qanday muomalada bo'lish va qay tarzda ularning bor mahoratini yuzaga chiqarish sirlarini bilib oldi. Mavsum boshlanishidan oldin SPAL tobora mustahkamlanib olishni istardi. Ammo moliyaviy imkoniyatlari yo'l qo'ymagani uchun aynan kerakli poziciyalardagi futbolchilarni sotib olishni maqul ko'rdi. Jamoaga A Seriyasida ko'p faoliyat yuritgan tajribali Del Grosso, Angliyadan esa hujumchi Antenuchchi keldi va “Torino”dan iqtidorli Kevin Bonifaci ijaraga olindi. Jamoaning asosiy qismida o'tgan mavsum sxemasi hamon saqlanib qolgan va bu bilan g'alaba qozonish biroz g'alati bo'lar edi. Ha, SPAL kutilgandek o'yinni boshladi. 6ta uchrashuvda bor yo'g'i bir marotaba zafar quchdi. Lekin, Semplichi o'zini ko'rsatib, vaziyatni o'nglashga erisha oldi. Futbolchilar qaysidir manoda, B Seriyasi havosiga ko'nikib olishdi va bosh murabbiy rejalarini amalga oshira boshlashdi. Antenuchi muntazam ravishda zarba berdi, Liccari va Begetto esa tez harakatlandi, stadion markazida esa Arini o'yinni boshqarib turdi. Bundan tashqari, “Yuventus”da Buffonning vorisi sifatida o'zini yaxshi ko'rsata olgan darvozabon Meret “Azzurri skuadra” ning manzilini ko'rishga muvaffaq bo'ldi va Djanluidji bilan tanishdi. Nihoyat, SPAL “Verona” bilan o'ta murosasiz kurash olib borib, chempionatda birinchi o'rinni egalladi. Semplichining 11ta jamoasi ikki mavsumning o'zida C1 Seriyasidan A Seriyaga o'ta olishga erishdi.


O'tgan yildan farqli o'laroq, joriy yilning yoz faslida Leonardo Semplichi va sport jamoasi rahbari CHezare Butelli yangilangan jamoalar o'rtasida jiddiy o'yin olib borishdi. Ammo bu yo'qotishlarsiz bo'lmadi. Del Grosso bilan Dzigoni “Veneciya”ga, Arini “Kremoneze”ga, iqtidorli Begotto esa “Djenoa”ga o'tib ketdi, Bonifaci esa “Torino”ga qaytdi. Bu futbolchilarning har biri SPALga yordam berishi mumkun edi. Del Gross va Dzigoni jamoadan ketishi ko'pchilikni hayratga solib qo'ydi. Lekin, etakchilik boshqaruvini berish kerak edi, nazarimizda. Axir, jamoa qo'lidan kelgancha bor mahoratini ishga soldi-ku?! Faqatgina moliyaviy ahvol jamoani faol tarzda ishlashiga to'sqinlik qildi. Lekin Butelli bir-biridan iqtidorli bo'lgan, shu bilan birga A Seriyasida qatnashgan futbolchilarni ijaraga bera boshladi. Bu esa o'z navbatida, moliyaviy ahvolni yaxshilashga qaratilgan samari yo'llardan biri edi. “Boloniya” Viviani, Ikonmu va Ricconi, “Yuventus” ajoyib himoyachi Matelloni, “Torino” esa darvozabon Gomisni ijaraga oldi. Kutilmaganda, “Kalyari” jamoasidan Sardiniyada o'zini yomon xulq-atvori bilan tanilgan Salomon keldi. Umuman olganda, SPAL o'z jamoasida bir vaqtning o'zida uchta hujumchi o'ynashini xohlagan edi. “Sampdoriya” deyarli tajribaga ega bo'lmagan Bonacollini ijaraga oldi. Ammo, Paloski va Borrelloning kelishi biroz qiziqish uyg'otdi. Alberto o'tgan mavsumda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, lekin hozir o'zini o'nglab olishhga harakat qilmoqda. Marko esa “Kalyari” bosh murabbiyi Rastelli bilan aloqalari yomonlashdi.


SPAL Italiyani allaqachon hayratlantirishga ulgurdi va Semplichi jamoasini sustlashtirmasligini aytdi. SHubhasiz, oq va ko'klar omon qolish uchun kurash olib bormoqda. Ammo mavsum boshlanishi jamoada bir nishon borligini ko'rsatdi. Eslatib o'tamiz, bir yil avval “Peskara” va “Krotone” jamoalari omadsizlik bilan o'yin boshlagan edi. Unda “Kalyari” A Seriyasidagi haqiqiy niyatlarni darhol ko'rsatib berdi. Eslatib o'tamiz, bir yil oldin “Peskara” va “Krotone” mavsumdagi o'yinlarning boshidayoq muvaffaqiyatsizlikka uchragan, ammo, “Kalyari” darhol A Seriyasidagi niyatlarini qayd etgan. Ikki yil oldin “Karpi” tajribasi va o'tgan mavsumda o'tkazilgan “Krotone”ning natijalariga ko'ra, yaxshi natija qayd etilmagan bo'lsa-da, bosh murabbiyni, ayniqsa u jamoaning yaratuvchisi bo'lsa, ko'ksidan itarish va uni haydab yuborishdan avval barcha tarafdan salbiy va ijobiy tomonlarni ko'rib chiqish kerak. SPAL o'yinlari bir maromda olib bormagani hisobiga, etakchiligini tiklab olishi biroz mushkul bo'ladi. SHunga qaramay, agar Semplichi jamoasi yuqoridan qo'llab-quvvatlansa, SPAL avvalgidek, butun Italiyani yana hayratga sola oladi.

Muallif: Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика