Fernandu Santush: "Avstriya Islandiyadan juda farq qiladi"
18 iyu 2016 08:50
Yangiliklar
Fernandu Santush: "Avstriya Islandiyadan juda farq qiladi"
- Avstriyaliklar juda kuchli. Ular bejizga FIFA reytingida kuchli o'ntalikda emaslar. So'nggi 4-5 yilda bu jamoa juda kuchaydi va tarkibi deyarli o'zgarmadi. Ular yaxshi hujum qilishadi va tarkibida mahoratli futbolchilar ko'p. Avstriya Islandiyadan juda farq qiladi.
David Alaba, Marko Arnautovich, Mark Yanko, Martin Xarnik... Barchasi katta futbolchilar. Zlatko Yunuzovich ham. Raqibimiz to'pni o'zida saqlab turishni va hujum qilishni yaxshi ko'radi. Avstriya safida etakchini qidirish shart emas, butun jamoaga qarshi tayyorgarlik ko'rish kerak. Islandiyaga qarshi bahsda ko'p narsa o'xshamadi. Xatolar ustida ishlashimiz kerak, - deydi Santush UEFA rasmiy saytiga.
Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV
Fikrlar