Fernando Torres "Korintians"ga o'tishi mumkin
23 dek 2014 12:19
Yangiliklar


Fernando Torres "Korintians"ga o'tishi mumkin
"Korintians" murabbiylar shtabi "Milan" hujumchisi Fernando Torres xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, ispaniyalik futbolchi fevralda Braziliya klubiga o'tishi mumkin. "Korintians" rahbarlarining hisoblashicha, Torres mamlakat chempionati va Libertadores Kubogida yordam berishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Torres "Milan"da ijara asosida to'p tepmoqda va uning transfer huquqlari "CHelsi"ga tegishli.

Fikrlar