Fernando faqatgina “Manchester Siti”ga o'tishni istayapti
30 jan 2014 11:41
Yangiliklar


Fernando faqatgina “Manchester Siti”ga o'tishni istayapti
“Portu” yarim himoyachisi Fernando klub rahbariyatiga agar transfer taklif tushadigan bo'lsa faqatgina “Manchester Siti”ga o'tishi mumkinligini aytgan, deb xabar beradi Transfer Central.
Ammo “ajdarlar” mo'maygina pul evaziga futbolchini boshqa klubga sotishga tayyor, shuning uchun boshqa klublar bilan muzokara olib borishda davom etishmoqda. Takidlab o'tamiz Fernandoning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi keyingi yozda tugaydi, lekin “Portu” unga haligacha yangi shartnoma taklif etmagan.

Fikrlar