Fernandino: "Haqli g'alabaga erishdik"
24 okt 2018 14:11
Yangiliklar
Fernandino: "Haqli g'alabaga erishdik"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernandino ECHL guruh bosqichi 3-turi doirasida "SHaxtyor" ustidan qozonilgan ishonchli g'alaba(3:0)dan so'ng fikr bildirdi.
"Bu erga qaytib tanishlarimni va do'stlarimni ko'rganimdan hursandman. Doneckdagi uchrashuv biz uchun juda muhim edi. G'alabaga haqli edik deb o'ylayman. Raqib o'yinini nazorat qildik va "SHaxtyor"ning tezkor o'yinchilariga qarshi hujumga o'tib ketish imkonini bermadik. Bo'sh zonalardan unumli foydalandik va ko'plab golli vaziyatlar yaratdik. Ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Lekin, uch ochko bilan ortga qaytayotganimizdan mamnunman", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar