So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  11

Fernandesh APL tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi kimligini aytdi Yangiliklar

Fernandesh APL tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi kimligini aytdi

"Old Trafford"ga kelganiga ko'p bo'lmaganiga qaramasdan, Brunu Fernandeshni ko'plab futbolchilarga qiyoslashdi, shu jumladan Erik Kantonaga ham.

Biroq Brununing o'zi boshqa yarim himoyachidan o'rnak oladi va uni APL tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi deb hisoblaydi.

"Balki, men Pol Skoulzga o'xshashga istarman. Pol doimo raqib jarima maydonchasi yonida o'ynardi, assistentlik qilishni yoqtirardi va gollar urardi.

O'tgan mavsumda "Bryugge"ga qarshi o'yinda bir narsani sezib qoldim. Oshxonaga kirganimizda televizorda Pol Skoulzning MYU tarkibidagi gollarini ko'rsatishayotgandi. 

Ovqatlandik, biroq videoni tomosha qilishda davom etdik. O'shanda Fredga qarab: "Sen ham shunday bo'lishing kerak. Polga qara, raqib jarima maydonchasida qanday o'ynamoqda. Sen esa darvozaga zarba bermaysan", dedim. SHu kuni Fred ikkita gol urdi.

Skoulz APL tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi bo'lgan deb o'ylayman. Ko'pchilik Frenk Lempardni ham bu borada sanab o'tadi, chunki u ko'proq gollar urgan. SHuningdek, "Liverpul" tarkibidagi Jerard ham zo'r bo'lgan. Biroq ushbu uchala futbolchilarning o'rtasidagi farq juda katta.

To'g'risini aytaman, Angliyadagi yarim himoyachilarda u kabi sifatlarni ko'rmadim. Menimcha, so'nggi uch avlod futbolidagi eng yaxshi yarim himoyachi men uchun Pol Skoulz", - dedi Fernandesh.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика