So’nggi yangiliklar

07:44ПСЖ фуболчиси АПЛ ва Бундеслига клублари қизиқишлари доирасида  0 07:15Мудрик порламоқда!  1 03:30Конференциялар лигаси. "Челси" 8та гол урди, "Фиорентина" ютқазди ва бошқа натижалар  1 03:15Европа лигаси. МЮдан илк ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:18Родри. Футбол мавжудлиги учун шукрона айтаман (мутолаа учун)  1 00:40Европа Лигаси. Жарима майдончасида ёлғиз қолган Кевин Маккалистер "Рома"ни ранжитди  10 23:59Дешам нима сабабдан Килиан Мбаппени термага чақирмаганини айтди   4 23:55Ибрагимович Флорентино Пересга: "Респект"   1 23:42Алаба тўп билан машғулотларга киришди  0 23:30Эрнан Креспо "Ал Айн"дан кетди!  0 23:22"Милан" Рейндерс билан шартномани узайтириш бўйича ишларни олиб бормоқда  0 23:15Мусаев — Россия Премьер-Лигасининг октябрь ойидаги "Энг яхши мураббийи"!  3 23:04"Интер" ва "Ювентус" бир ҳимоячига қизиқиб қолди  0 22:53Григорий Колосовский: "Самвел Бабаян клуб бошқарувида борлигини айта олишим мумкин"  10 22:37Вадим Абрамов: "Футбол бизни жазолади"  5

Ferlan Mendi - "Real"da! U 14 yoshida butkul yura olmay qolishi mumkin edi Yangiliklar

Ferlan Mendi - "Real"da! U 14 yoshida butkul yura olmay qolishi mumkin edi

Yaqindagina “Real” safiga kelib qo'shilgan franciyalik himoyachi transferiga oid malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Ferlan ajoyib xarakterga ega futbolchi

Unga juda muhim vazifa topshirildi –  “keksayib qolgan” Marseloning o'rnini bosish. Muzokaralarda Zidan ham ishtirok etdi: shaxsan o'zi 24 yoshli francuzni “Real” safiga o'tish va stabil o'yinga ega bo'lishiga ishontirdi. Aslida “Real” o'tgan hafta Mendi jamoaga o'tganini elon qilmoqchi edi. Ammo qo'shimcha tibbiy ko'rik tufayli transfer vaqti cho'zilib ketdi. Gap shundaki, Ferlan 14 yoshida artrit tufayli futboldan ketishiga bir bahya qolgan: nogironlar aravachasida harakatlanib, bir yil muddatga hayotdan ajralib qolgan edi. SHifokorlar yurishiga umid yo'q deganiga qaramay, yigitcha taslim bo'lmadi.

Katta futbolda jarohatlar franciyalikni biroz tinch qo'ygandek bo'ldi. U oxirgi bir necha mavsumda bor yo'g'i bir marta biroz muddatga safdan chiqdi - shu yil ECHL doirasida “Barselona”ga qarshi javob o'yinidan keyin mushaklaridagi og'riq tufayli 53 kunni maydondan tashqarida o'tkazib yubordi. “Real”ga o'tishi – Mendi shuncha narsani boshidan o'tkazganini hisobga olsak, xuddi ertakka o'xshaydi. Ammo bu ”ertak”da taqdir tuhfasi ham, sehrgarlar ham yo'q. Futbolchi buning bariga kuchi, o'ziga bo'lgan ishonchi va tinimsiz mehnati bilan erishdi.

PSJ akademiyasida unga ishonishmagan. U erda Rabo va Kimpembe bilan o'ynagan

Ferlan Parijdan 43 km uzoqlikdagi shahar — Melan-an-Ivelinda tavallud topgan. Uning oilasi u erga Senegaldan ko'chib borgan. Mendi bolaligidan futbolni yaxshi ko'rgan, uning amakivachchasi Mark Gomisning takidlashicha – u kichik yoshidan plyaj bo'yida bolalar bilan to'p tepib yurar ekan.

7 yoshida shahrining “Keviyi” klubiga boradi. Kelasi yilda esa PSJ akademiyasiga o'tdi va u erda etti yil faoliyat yuritdi. Ferlan Parijda Rabo, Kimpembe va Koman bilan to'p tepgan. Presnel qahramonimiz bilan bir xil poziciyada harakatlanardi va raqobatda Mendiga engilardi. “O'yinning asosiy qismida Ferlan maydonga tushar, Kimpembe esa aksincha edi. Mendi juda ozg'in bo'lishiga qaramay, tezkor va texnik o'yinchi edi”, – deydi PSJ tarbiyalanuvchisi Dilan Batyubinsika.

"Mendi bo'lajak yulduzlarning ortida ham munosib tarzda harakatlanardi. Ammo Ferlanning “super yulduz” degan maqomi yo'q edi. PSJ hech qachon unga ishonmagan. Bolalar bazada qolgan paytlar, u uyiga jo'natib ketardi”, – deydi PSJ bolalar jamoasining bosh murabbiyi Iv Gergo.

Mendining jarohati parijliklar bir to'xtamga kelishida yordam berdi: bunday o'yinchi ularga umuman kerakmas

SHifokorlar futbolchi faoliyatini yakunlashi kerak ekanini takidlashgan. Unga 14 yoshida oyog'idagi bo'g'imlari shamollagan tashxisi qo'yilgan. Bunday vaziyatlarda, agar kasallikka vaqtida qaramay, o'tkazib yuborilsa nogiron bo'lib qolishi mumkin edi. Bu esa Mendini ham, faoliyatini ham barbod qilishi hech gap emasdi. “O'ylashimcha, hammasi o'yindan keyin — u infekciya yuqtirib olganidan boshlangan. Ferlan hech narsa qilolmas, hattoki yura olmas edi. Yodimda, tibbiy markazda yosh yigitlar shunday degandi: oyog'ini amputaciya qilish bilan hammasi tamom bo'lishi mumkin”, – tushuntiradi Batyubinsika.

Mendi Parijning “Neker” kasalxonasida uch oy mobaynida davolandi. Bu vaqt ichida u yura olmadi, futbol haqida esa gap ham bo'lishi mumkin emasdi. Yana yarim yili jiddiy reabilitaciya bilan o'tdi. SHifokorlarning esa fikri o'zgarmagandi. “To'g'risini aytsam, hech qachon bo'sh kelib, qo'l siltamaganman. Hayolimda faqat bir fikr aylanardi: “Yura olmaslik va futbol o'ynay olmaslik — bunday bo'lishi mumkin emas! Reabilitaciya markazida gipsimni echishdi. Lekin baribir uzoq vaqtgacha yura olmadim va nogironlar aravachasiga mixlanib qoldim. Ammo keyin sekin-sekin yana yura boshladim”, – yodga oladi Mendi.

Franciyalik ruhan juda kuchli bo'lgani uchungina taslim bo'lmadi desak, adashmaymiz. SHifokorlar unga shunday degan edi: “Bizni diqqat bilan tingla, hammasi jiddiy, sen boshqa futbol o'ynay olmaysan”. Lekin Ferlan ularga etibor ham bermadi. U sog'ayishiga biroz bo'lsa-da, gumoni yo'q edi”, – deydi uning bolalikdagi do'sti Abdulay Dembele. Atrof-muhit, PSJdagi sobiq klubdoshlari va do'stlari Mendining xarakteridagi ikki jihatni alohida takidlab o'tishadi: o'ziga ishonchi kuchli va doim yuqori kayfiyatda yuradi (ko'p tabassum qiladi, hazilkash).

Ferlan jonajon shahri Melan-an-Ivelinni juda ham yaxshi ko'radi. Mahalliy aholi Mendini qadrlab, qaerda faoliyatini boshlaganini unutmaganini faxr bilan aytishadi. “Bo'sh vaqt toptim deguncha, yonimizga keladi va futbolkalarga qo'l qo'yib berishdan charchamaydi. Ferlan tufayli ko'pchilik Melan-an-Ivelin degan shaharcha haqida tasavvurga ega bo'la boshladi”, – deydi g'urur bilan Gomis.

Avval oilaning, keyin esa dunyoning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish kerak

Benji Franciya va Angliya birinchiligi g'olibi, Jahon chempioni bo'lgan. Biroq hozirda Mendilar oilasidagi eng kuchli futbolchi – Ferlan sanaladi. U doim dunyodagi eng yaxshi futbolchi bo'lishni orzu qilgan. Lekin oilada birinchi o'rinda bo'lishda avvaliga biroz omadi kelmadi. Benjamen ukasidan nafaqat yosh (11 oy katta), balki futboldagi o'ziga xos jihatlari bilan ham ustunroq edi. Ferlanni PSJ futbol akademiyasiga chaqirishgan vaqtlar Benji “Palezo” klubida to'p tepardi. Benjamen 17 yoshida katta futbolda debyut qilgan bo'lsa, 19 yoshida Liga 1ning “Marsel” jamoasida faoliyat yuritdi. Ferlan esa 20 yoshida ikkinchi divizionning “Gavr” klubiga kelib qo'shildi. Asosiy tarkibdan joy egallashi uchun esa yana bir yil sarfladi. Franciya futbolining elitasida esa 22 yoshida “Lion”ga o'tib, debyut qilishga muvaffaq bo'lgan. Akasi bu vaqt ichida professional darajada olti mavsumni o'tkazishga ulgurgan – ikki yil “Gavr” (Liga 2), uch yil “Marsel” va bir yil “Monako”da. 2017 yilning 24 iyulida esa Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti”ga 58 million evro evaziga o'tdi.


Ammo Benjamen “Siti” tarkibidagi 5 o'yindan so'ng, jiddiy jarohat oldi – tizzasi shikastlandi. Buning asorati qolgan va o'yinchi uning og'rig'idan hamon aziyat chekadi. Lekin Dide Desham baribir Benjamenni Jahon CHempionatiga olib borishga qaror qildi. To'g'ri, u chempion bo'ldi. Ammo mundialda Daniyaga qarshi bahsda atigi 40 daqiqa o'ynay oldi, xolos. Bu vaqtda esa Ferlan “Lion”da ikkinchi omadli yilini o'tkazayotgan edi. Kuzda akasi yana jarohat oldi. Ferlan esa Franciya termasida uning o'rnini egalladi va jamoada debyut qilishga muvaffaq bo'ldi (Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida).

Franciyaning quyi divizionidan “Lion”ga o'tdi. 20 yoshida Liga 1da debyut qildi

Ferlan reabilitaciyadan so'ng PSJ darajasida emasligini tan oldi – yangi joyda tajriba orttirishiga to'g'ri keldi. Bu vaqt ichida klub rahbariyatining unga ehtiyojlari qolmagan edi. Rabo 17 yoshida asosiy tarkibda debyut qilishga ulgurgan edi, Mendiga esa hattoki professional shartnoma ham taklif qilishmagandi. “U-17 jamoasida mavsum o'z yakuniga etganidan keyin, PSJ nima qilishni bilmay qoldi. SHundan so'ng, ketishga qaror qildim”, – deydi tabassum bilan francuz.

Tajribaga ega bo'lish uchun Ferlan uchinchi divizionning “Mantua” klubini tanladi (jamoa hozir to'rtinchi divizionda). Jamoaning maqomi, mashhurligi muhim emasdi. Asosiysi u jismonan tayyor bo'lishi va ko'nikma hosil qilib, tajriba orttirishi kerak edi. “Ferlan o'ziga, nimaga qodirligi va darajasiga ishonardi. Bazilar uni o'ziga bino qo'ygan deb atardi. Lekin Mendi bunga ahamiyat bermas, maqsadiga erishish uchun bor kuchi bilan harakat qilardi”, – yodga oladi “Montua” bosh direktori Robert Mendi.

Yarim havaskorlik klubida Ferlan bor yo'g'i bir oy o'ynadi. Uning qobiliyatini sezgan “Gavr” klubi o'yinchini o'z safiga olib keldi. Angliyadan Mendiga juda katta qiziqish bo'ldi, ammo u hali boshqa davlatga ko'chib ketishga tayyor emasligini aytdi. “Gavr” yosh o'yinchilarga katta imkoniyatlar yaratib beradi. SHuning uchun ham, klub rahbarlari uni tanlagan edilar. So'zimiz isboti sifati, ularning tarbiyalanuvchilarini misol qilib keltiramiz: Pol Pogba, Riyad Marez, Dimitri Payet, Stiv Mandanda, Benjamen Mendi.

Mendi “Gavr” U-19da faoliyatini boshladi, ilk professional shartnomasini 2015 yilda tuzdi. O'shanda Liga 1da debyut qilgan va asosiy tarkibning tengi yo'q himoyachisiga aylana olgan edi. 2016/17 yilgi mavsumda Ferlan Liga 2ning 50 o'yinida maydonga tushdi va mavsum so'ngida chempionatning eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb etirof etildi. 2017 yilning yozida esa Mendi “Gavr”dan 5 million evro evaziga “Lion” safiga o'tdi.

Mendining agenti uni “franciyalik Marselo” deb ataydi

Mendini ikki o'yinchiga qiyoslashadi – Marselo va Dani Alves. Bu ajablanarli emas. “Evropaning yarmi Mendini sotib olishni istaydi. Foydali himoyachilar – xuddi kamyob mahsulotga o'xshaydi. Ferlan dribling va krossda juda samarali o'yinchi. U hujum qilayotganida — franciyalik Marselo, himoyada esa — o'z poziciyasida eng yaxshilar Aleks Sandro va Kivu birlashmasidan tashkil topgan o'yinchidek go'yo. Mendi chapaqay, biroq u o'ng oyoqda foydali dribling qila oladi”, – deydi futbolchining agenti Ivan Le Mi.

Ferlanning asosiy jihati – dribling. “Lion”dagi ikki mavsumda u 102 marta raqiblarini aldab o'tdi. Bu Liga 1 himoyachilari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich, Evropa miqyosida esa bu borada uchinchi pog'onani egallagan (Artur Masuaku “Vest Xem” va Joau Kanselu “Yuventus”).

Mendi transferi nimani bildiradi?

Ferlan Mendi transferi kamida ikki futbolchining taqdiriga tasir ko'rsatadi – Marselo va Serxio Regilon. Braziliyalik – “Real”ning amaldagi afsonasi, ammo o'tgan mavsum u juda sust harakatlandi. Zidan esa unga imkon berib, yangi iqtidorli o'yinchini zaxirada qoldirmoqchi emas. Boshqacharoq aytadigan bo'lsak, Marseloga boshlang'ich tarkibdan o'rin vada qilinmayapti. Ammo Zidan hech kimni xafa qilmaydi. SHuning uchun, buyog'iga nima qilishni braziliyalikning o'ziga qo'yib berdi: zaxirada qolsa-da, munosibligini qaytadan isbotlashi kerak yoki “Real”dan ketishi  lozim.

Marseloning javobidan “Qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi Regilonning taqdiri hal bo'ladi. Serxio “Real”da qolish istagi borligini aytdi, lekin uning taqdiri braziliyalikka bog'liq. Axir 3ta chap himyaochiga bir jamoada joy yo'q-ku... Marselo bir necha hujum turlari bo'yicha Ferlandan ortda qolmoqda. Himoyada esa xatolarsiz harakatlanmoqda. Lekin Ferlan 24, braziliyalik esa 31 yosh ekanini ham hisobga olish darkor. Agar Marselo qolsa, Regilon ijaraga beriladi yoki qayta xarid qilish sharti bilan sotib yuboriladi. (“Real” ko'pincha shunday yo'l tutadi). Agar Marselo ketsa, Serxio chap himoya chizig'ida Mendining dubleri bo'ladi.

Senegalni emas Franciyani tanladi

Ferlan yoshlar termasiga chaqirilmadi, sababi top-darajada juda kech debyut qilgan edi. Senegal termasi bosh murabbiyi Aliu Sisse o'yinchiga qo'ng'iroq qilib (bir necha bor), uni jamoaga chaqirdi (Mendining 2ta fuqaroligi bor).

Mendi ilk bor Franciya termasiga 2018 yil noyabrda — akasi Benjamen Mendi jarohat olganidan keyin — chaqirildi. Ferlan Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida debyut qildi va 90 daqiqa o'ynashga muvaffaq bo'ldi. O'shanda Franciya 1:0 hisob bilan g'alaba qozongan edi. Uni chaqirishdan odin qiziq bir voqea bo'ldi. “Men ozgina mizg'ib olay deb yotdim. Uyg'onganimda “Lion” xodimi Gay Gena bir necha marotaba qo'ng'iroq qilgan ekan. Buni ko'rib, o'zimga o'zim savol bera boshladim: Nima qildim? Mashg'ulotni o'tkazib yubordim-mi? Ochig'i, bu menga g'alati tuyuldi. Lekin unga qayta qo'ng'iroq qilganimda, Gay menga xushxubar aytdi. Meni termaga chaqirishibdi”, – deydi tabassum bilan Mendi.

Mendi “Real” va termaga chaqirilgunga qadar juda qiyin kunlarni boshdan o'tkazdi, ammo taslim bo'lmadi. Nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan yigit umidsizlikka tushmadi. Aksincha, har kuni sabr bilan yaxshi kunlar kelishini kutdi. “Termaga chaqirilganimdan keyin muxlislarim ortdi, men bilan rasmga tusha boshlashdi. Ko'p qiyin kunlarni boshdan o'tkazdim. Biroq taslim bo'lmay, olg'a intildim. SHuncha narsadan keyin aslida termada o'ynashga munosibmanmi yoki yo'q, bunga aniq javob bera olmayman. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, termada faoliyat yuritish, unga loyiq o'yinchi bo'lish uchun borimni berib kurashdim”,— deydi Ferlan Mendi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика