So’nggi yangiliklar

14:11Россиялик спорт шифокори намоз мушаклар шикастланишининг олдини олишда ёрдам беришини айтди  0 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0

Fergyusonning avtobiografiyasidan 45ta xato topishdi Yangiliklar

Fergyusonning avtobiografiyasidan 45ta xato topishdi

O'quvchilar Manchester Yunayted futbol klubi bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning Mening avtobiografiyam nomli kitobidan kamida 45ta xato topishdi. Bu haqda Britaniyaning The Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Gazeta malumotlariga ko'ra, Hodder and Stoughton nashriyoti avtobiografiya matnidagi xatolardan norozi bo'lgan o'quvchilardan biriga, agar u kitobni qaytarib bersa, kitob pulini qaytarib berishga rozi bo'lgan. Nashriyot bosh direktori Jeymi Xodder-Uilyams ushbu o'quvchiga yozgan xatida, kitobda noaniqliklar borligini tan olgan. Noshirning so'zlariga ko'ra, Fergyusonning avtobiografiyasi bir necha bor tekshiruvdan o'tgan, shunga qaramay xatolardan baribir qochib qutilib bo'lmagan.

Ko'plab holatlarda xatoliklar u yoki bu voqea yilining xato ko'rsatilishi bilan bog'liq. Masalan, Fergyuson unga kardiostimulyatorni 2002 yil aprelida o'rnatishganini yozgan, aslida esa bu voqea 2004 yil martida bo'lgan.

SHuningdek, Fergyuson Rayan Giggzning Yunaytedda debyut qilgani yoshi borasida ham adashgan – uning yozishicha uelslik futbolchi ilk bor jamoa safida maydonga tushganida 16 yosh bo'lgan, aslida esa Giggz Yunaytedda debyut qilganida 17 yosh bo'lgan. Bundan tashqari, kitobda MYU 2001 yili Yap Stamni Romaga sotgani yozilgan, aslida esa gollandiyalik himoyachi Rimning boshqa bir jamoasi – Lacio bilan shartnoma imzolagan.

SHotlandiyalik murabbiy o'z kitobini 22 oktyabr kuni taqdim etgan edi. Savdolarning birinchi haftasida 115 ming 547 dona Mening avtobiografiyam sotildi va non-fikshn janridagi savdolarning yangi rekordiga aylandi.

Fergyuson 1986-2013 yillar davomida Manchester Yunaytedga ustozlik qilgan. SHotlandiyalik mutaxassis jamoa bilan birga 13 marta Angliya chempionatida g'olib chiqqan, besh marta mamlakat Kubogini qo'lga kiritgan va ikki marta CHepionlar ligasida g'alaba qozongan. Fergyuson jamoadan ketishi haqida 2013 yil mayida elon qildi. SHu vaqtgacha Evertonda ishlab kelgan Devid Moyes esa MYUning yangi ustoziga aylandi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика