Fergyuson Ronalduga: “Barchasi uchun rahmat, sen buyuk futbolchi va insonsan”
05 fev 2020 21:58
Yangiliklar


Fergyuson Ronalduga: “Barchasi uchun rahmat, sen buyuk futbolchi va insonsan”
“Manchester Yunayted”ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronalduning tavalludi munosabati bilan unga tabrik yo'lladi.
SHotlandiyalik mutaxassis 2003-2009 yillari "qizil iblislar"dagi faoliyati davomida Ronalduga murabbiylik qilgan edi.
“Tabriklayman, Krishtianu. Men va “Manchester Yunayted” uchun qilgan barcha ishlaring uchun tashakkur. Sen buyuk o'yinchi va eng asosiysi buyuk insonsan”, – deb so'zlarini yakunlagan Ser Aleks.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar