Fergyuson MYU uchun yangi fubolchi topdi
28 iyu 2019 10:26
Yangiliklar


Fergyuson MYU uchun yangi fubolchi topdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq murabbiyi Ser Aleks Fergyuson jamoa uchun yangi futbolchilar izlashda davom etmoqda.
"The Sun" xabariga ko'ra, shotlandiyalik mutaxassis etiborini "Aston Villa" yarim himoyachisi Jon Makginnga qaratgan. Aytilishicha, Fergyuson futbolchining bobosi bilan uzoq yillik qadrdon va shu jihat futbolchining transferiga turtki bo'lishi mumkin.
"Aston Villa" 24 yoshli futbolchining transferidan 55 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Makginn o'tgan mavsumda 44 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar