Fergyuson: "Men Anchelottining kelajagidan havotir olmagan bo'lardim, u ajoyib murabbiy va yaxshi inson"
03 apr 2015 10:15
Yangiliklar


Fergyuson: "Men Anchelottining kelajagidan havotir olmagan bo'lardim, u ajoyib murabbiy va yaxshi inson"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson "Real" ustozi Karlo Anchelotti nomiga iliq so'zlar aytdi.
"Karlo - yaxshi inson. Men "Real"ning "SHalke-04"ga qarshi uchrashuvni kuzatdim va Anchelotti oldimga kelib, nega o'g'lim amaliyot uchun "Real"ga kelmayotganini so'radi. U o'g'lim "Piterboro"dan xaydalganini bilardi. Men Anchelottini sifatlarini so'z bilan tasvirlab bera olmayman. Karlo - eng yaxshi murabbiy va kuchli raqiblarimdan biri. SHu sababli Anchelottining kelajagidan havotir olmagan bo'lardim" - deydi Fergyuson.

Fikrlar