So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

Fergyuson "Manchester Yunayted" Maguayr bilan shartnoma imzolashini istamoqda Yangiliklar

Fergyuson "Manchester Yunayted" Maguayr bilan shartnoma imzolashini istamoqda

Ser Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted" ushbu yozda "Lester" himoyachisi Garri Maguayr bilan shartnoma imzolashiga umid qilmoqda.

MEN xabariga ko'ra, shotlandiyalik mutaxassisning o'zi ham 26 yoshli futbolchi "Yunayted" bilan shartnoma imzolashiga ishonmoqda. Ushbu hafta boshida mankunianliklar himoyachi uchun 70 million funt taklif qilgani va "tulkilar" bunga rad javobini bergani borasida malumotlar yangragandi.

Fergyuson Angliya termasining o'yinlariga qaramasdan "Yunayted" bunga qadar Maguayr uchun konkret taklif yubormaganidan achchiqlangan.

8 avgust kuni transferlar oynasi yopiladi va "Yunayted" yangi himoyachi sotib olish borasidagi qarorini tezroq o'ylab ko'rishi kerak bo'ladi.

2011 yilda Maguayr "SHeffild" tarkibida "Old Trafford"da o'ynaganida tribunadan o'yinni kuzatgan va "Xall Siti"ning sobiq himoyachisi hozirgi "Manchester Yunayted"ni kuchaytira olishiga ishonmoqda.

O'tgan yozda bir qancha manbalar "Yunayted" 100 million funtni faqatgina yuqori klassdagi markaziy himoyachi uchun ishlatishi mumkinligi borasida malumot bergandi. Ulardan bir misol sifatida "Real" himoyachisi Rafael Varan ham keltirilgandi.

Himoyachi sotib ololmagan "Yunayted" esa so'nggi 40 yillikdagi eng yomon natijasini takrorlagandi. SHundan keyin jamoaning himoyasini kuchaytirish asosiy muammoga aylandi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика