Fergyuson ketganidan beri MYU bo'shatilgan murabbiylar uchun 45 mln evro sarflagan
22 noy 2021 01:37
Yangiliklar
Fergyuson ketganidan beri MYU bo'shatilgan murabbiylar uchun 45 mln evro sarflagan
Ser Aleks Fergyuson 2013 yilda "Manchester Yunayted"ni tark etganidan beri klub to'rt marta bosh murabbiyni istefoga chiqargan.
Manbaning takidlashicha, mankunianlar uchun bu jarayon arzonga tushmagan.
Taqdim etilgan malumotlarga ko'ra, MYU bu vaqt uchun taxminan 45 million evro jarima to'lagan. 2014 yilning aprelida Devid Moyes sakkiz yarim million tovon puli oldi, 2016 yilning may oyida Lui van Gal Manchesterni o'n million bilan tark etdi, Joze Mourinyu 2018 yilning dekabrida (18 million) to'lov miqdori bo'yicha rekordchiga aylandi hamda yaqinda Ole-Gunnar Sulsher klubni to'qqiz million evroga "tushirdi".
Fikrlar