Ferdinand: "Ronalduni himoya qilmaslik kerak, Krishtianuda ortga yo'l yo'q"
15 noy 2022 10:33
Yangiliklar


Ferdinand: "Ronalduni himoya qilmaslik kerak, Krishtianuda ortga yo'l yo'q"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand shov-shuvli intervyu bergan Krishtianu Ronalduning xatti-harakatiga munosabat bildirdi.
"Ronalduning bu harakatidan so'ng uni himoya qilib bo'lmaydi. Ichimdan sezyapman va buni aniq bilamanki, bularning barchasi bir narsa – uning klubni tark etishi uchun uyushtirilgan.
Menimcha, Krishtianuning "Manchester Yunayted"dagi hikoyasi poyoniga etdi. Orqaga yo'l ko'rmayapman, klub buni ko'tara olmasa kerak. Va menimcha, u ham qaytishni xohlamaydi. Bularning barchasi shu sababli amalga oshirildi.
SHu intervyugacha uni himoya qilib kelayotgandim va klub zimmasida aloqani yaxshilash borasida katta masuliyat borligini aytgandim", – dedi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar