Ferdinand MYUning murabbiylar shtabiga kirmoqchi
20 jan 2021 20:00
Yangiliklar


Ferdinand MYUning murabbiylar shtabiga kirmoqchi
“Qizil iblislar” sobiq himoyachisi Rio Ferdinand “Manchester Yunayted” ustozi Ole Gunnar Sulsherning assistentiga aylanish niyatida.
“Ha, albatta, bu menda qiziqish uyg'otgan. Barchasi oddiy, “Manchester Yunayted”ni yaxshi ko'raman. Nimani nazar tutmoqchiligimni tushundingizmi? “Manchester Yunayted”ga o'tib, u erda 12 yildan ortiq o'ynashing – bu klubni sevib qolmaslikning ilojisi yo'qligini anglatadi. SHu tufayli klubdagi har qanday lavozimda ishlash imkoniyatini ko'rib chiqardim, chunki uni sevaman.
Bu qanday lavozim bo'lishini bilmayman, ammo agarda imkon tug'ilgan taqdirda, ha, muzokaralar va shu kabi kelishuvlar uchun ochiq bo'lardim”, deydi Ferdinand.
Eslatib o'tamiz, hozirda Sulsherning murabbiylar shtabida “qizil iblislar” sobiq azolari Maykl Kerrik va Darren Fletcher ishlamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar