Ferdinand MYUga Keynni sotib olishni maslahat bermoqda
10 jan 2023 20:12
Yangiliklar
Ferdinand MYUga Keynni sotib olishni maslahat bermoqda
"Manchester Yunayted", Keynga taklif bilan chiq. "Tottenxem" muxlislaridan uzr so'rayman, ammo klubingiz hech narsa yutmaydi. Harri bu jamoada sovrinsiz qolib ketadi. Ha, siz uning uchun yirik miqdorda pul to'lashingiz kerak bo'ladi, ammo buning evaziga MYU doimiy ravishda gol uradigan futbolchini oladi. Keyn "Yunayted" uchun juda foydali bo'lardi", – dedi Ferdinand.
Keyn "Tottenxem"da 2011 yildan beri to'p tepib kelmoqda. Uning "shporlar" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
29 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsum London klubi tarkibida barcha turnirlar doirasida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uni 90 million evroga baholayapti.
Fikrlar