Ferdinand: "Mourino to'g'ri yo'l tutmayapti"
25 noy 2018 21:53
Yangiliklar


Ferdinand: "Mourino to'g'ri yo'l tutmayapti"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand "qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourinoning matbuotda futbolchilarini tanqid qilishi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Klubdagi insonlar yosh futbolchilarni tanqid qilib, ruhiy tomondan hujum qilsa nimani kutish mumkin?
Futbolchilar sizni qo'llab-quvvatlaydi deb o'ylaysizmi? Yoki ular har doimgidek: bir daqiqa, murabbiyim meni xalq oldida mashhur qilmoqda deb o'ylaydimi?
Bu futbol murabbiyi uchun yaxshi hususiyat emas deb o'ylayman. Ayrim futbolchilar bunga netativ, bazilari esa ijobiy qarashlari mumkin. Bu klub uchun foydali emas.
Ular haqida aytilgan gap to'g'ridir. Biroq buni mashg'ulotlarda o'zlarining yuziga gapirish kerak. Bu ularning shaxsiy ishlari", - dedi Rio.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar