Ferdinand: "Messining jonli devor tagida yotishiga yo'l qo'ymasdim, uning libosi dog' bo'lmasligi kerak"
29 sen 2021 15:41
Yangiliklar
Ferdinand: "Messining jonli devor tagida yotishiga yo'l qo'ymasdim, uning libosi dog' bo'lmasligi kerak"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand CHL doirasidagi PSJ - "Man Siti" (2:0) o'yinida hujumchi Lionel Messining devor tagiga yotgani haqida gapirdi.
"Bu hurmatsizlik, men bunga yo'l qo'ymasdim. Agar men ushbu jamoada bo'lganimda, aytgan bo'lardim: "Yo'q, o'rningga men yotaman". Men uning devor tagida shu holda yotishiga yo'l qo'ymasdim. Bu Messining ishi emas. U o'z libosini kir qilmasligi kerak", - deydi Ferdinand.
Uning hisoblashicha, Maurisio Pochettino bunday sxemani taklif qilganda, o'yinchilardan kimdir bunga qarshilik qilishi kerak edi.
Eslatib o'tamiz, Leo ushbu o'yinda parijliklar tarkibidagi ilk golini urdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar