Ferdinand: "Menimcha De Xea ketadi"
05 apr 2021 17:38
Yangiliklar
Ferdinand: "Menimcha De Xea ketadi"
Ispaniyalik posbon so'nggi bir necha o'yinlarni zaxira o'rindig'ida kuzatmoqda. SHu boisdan uning yozgi transferlar oynasi vaqtida ketishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar ko'payib ketdi.
"Ikki variant bor: yoki joying uchun kurashasan, yoki ketasan. Agarda Din Xenderson mavsumni asosiy darvozabon sifatida yakunlasa, de Xea jamoada qolishiga ishonmayman. Menimcha, u ketadi. Bu yo'lda uning maoshi kattaligi ham muhim rol o'ynaydi. Bir jamoada ikki asosiy darvozabon bo'lishi mumkin emas. Bir vaqtlar de Xea birinchi raqamli posbon edi. Endilikda Sulsher barchasini boshqacha ko'rmoqda", - dedi Ferdinand.
"Yunayted" 2011 yilda de Xea bilan shartnoma imzolagandi. Ushbu mavsumda David 29 o'yinda 37 gol o'tkazib yubordi va 10 bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar