Ferdinand: "Hech kim YCHLda "Liverpul" bilan to'qnash kelishni istamasa kerak"

Mirjalol Normatov
7 mar 2018, 19:08
"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand "Liverpul" bu mavsum YCHLda muvaffaqiyatli qatnashishiga ishonmoqda.

"Liverpul"da finalgacha borish uchun imkoniyatlar etarli deb o'ylayman. Hech kim YCHLda "Liverpul" bilan to'qnash kelishni istamasa kerak. Jamoaning hujum uchligi xohlagan jamoaga muammolar tug'dira oladi.

"Enfild"ga tashrif buyurishni istovchilar ham kamchilikni tashkil qilsa kerak. "Liverpul" juda tez va harakatchan, barcha futbolchilar yuqori tezlikda o'ynamoqda. Ular YCHLda bundan keyin ham yaxshi o'yin namoyish eta olishadi", - dedi Ferdinand.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru