Ferdinand: "36-37 yoshimda har bir o'yindan keyin og'riq his qilardim. Tiago Silva buni qanday qilib amalga oshirayotganini tushunmayapman"
30 noy 2023 12:49
Yangiliklar
Ferdinand: "36-37 yoshimda har bir o'yindan keyin og'riq his qilardim. Tiago Silva buni qanday qilib amalga oshirayotganini tushunmayapman"
MYU sobiq futbolchisi "CHelsi" himoyachisining professionalligiga qoyil qoldi.
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand "CHelsi" himoyachisi Tiago Silvaga tan berdi.
"36-37 yoshimda har bir o'yindan keyin og'riq his qilardim. Tiago Silva buni qanday qilib amalga oshirayotganini tushunmayapman. Bu ilojsiz. Siz uning professionalligini hurmat qilishingiz kerak. U "Nyukasl"ga qarshi o'yinda yomon o'ynadi, ammo bu bilan kimning ishi bor?", – dedi sobiq futbolchi.
Silva "CHelsi"da 2020 yildan buyon to'p tepib kelyapti. 39 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum APLda barcha 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar