So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

"Fenomen", braziliyalik daho - Ronaldo Luis Nazario de Lima Yangiliklar

"Fenomen", braziliyalik daho - Ronaldo Luis Nazario de Lima

Vadim Lukomskiy braziliyalik buyuk futbolchi haqidagi katta materialni taqdim etdi.

Ronaldo ajoyib o'yinchi edi

Ronaldoning istedodi shu qadar ravshan ediki, "San-Kristovan" murabbiyi Roberto Gagliaone 1992 yil dekabrda shunday degandi:  "Biz "Kruzeyro"ga Braziliyaning navbatdagi buyuk hujumchisi bo'ladigan bolani taqdim etdik. U albatta, JCH-1998da o'ynaydi. Uning nomi – Ronaldo".

Barchasi tarifdan ham alo bo'lib chiqdi. Ronaldo katta yoshdagi faoliyatini shu qadar kuchli boshlaganki, 1994 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomadan joy oldi va 1998 yilga kelib, u dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblandi. AQSHdagi Jahon chempionatidan so'ng Ronaldo Romarioning maslahati bilan PSVga o'tdi. 

"Ronaldo bilan Niderlandiyada yo'llarimiz kesishgan, u boshqa sayyoradan edi, soatiga 3000 kilometr tezlikda harakatlanardi. Faoliyatining oxiriga kelib va jarohatlardan so'ng ham u maydonda nimalar ro'y berishini boshqa har qanday o'yinchiga qaraganda oldindan 10 baravar tezroq ko'ra olardi", – deya eslaydi Klarens Zeedorf.

Ronaldo PSV tarkibidagi eng yorqin o'yinini UEFA Kubogida "Bayer"ga qarshi o'tkazdi. 

"18 yoshli futbolchi bunday o'ynaganini hech qachon ko'rmaganman", – dedi o'yindan keyin hayratga tushgan Rudi Fyoller. 

Yakuniy hisob – 5:4, "Bayer" foydasiga, Ronaldo xet-trik qayd etgan.

"Uchrashuv Ronaldoning yakkaxon shousiga aylandi. U uchta gol urdi, ammo gap gollar haqida ham emas. Masalan, bitta vaziyat yuz berdi (videoda 7:15), unda raqib o'ng qanot himoyachisi uning orqasidan chalmoqchi bo'ldi. Ronaldo to'pni chap oyog'ining tashqi tomoni bilan ko'tarib, himoyachining yonidan uloqtirib o'tdi va boshqa tomondan aylanib yugurishni boshladi. O'ylaymanki, o'shanda butun Evropa Ronaldo ismini eslab qoldi", – deb eslaydi PSVning o'sha paytdagi texnik direktori Frank Arnesen.

Ronaldo Niderlandiyadagi ikki mavsumda 58 uchrashuvda 54 ta gol urdi. 

"Men uning PSVdagi o'yinlarini televizor orqali tomosha qilardim va vaqti-vaqti bilan "Vau" deb baqirardim. Keyinchalik u "Barsa"ga o'tdi va biz birga o'ynadik. Ronaldo albatta, men ko'rgan eng aql bovar qilmaydigan futbolchi. U undan oldin hech kim qilmagan ishlarni qildi", – dedi Luis Enrike.

1996/97 yilgi mavsumda "Barselona"da bitta futbolchi sababli rekord miqdordagi "vau" kuzatildi. Ulardan eng asosiysi – "Kompostela"ga urilgan gol. Ronaldo uni butun faoliyatidagi eng zo'ri deb ataydi (Bobbi Robsonning reakciyasini ko'rish uchun ham oxirigacha tomosha qiling).

"Dunyoning hech bir nuqtasida bunday gollarni urishga qodir boshqa futbolchini topolmaysiz", – deydi o'yindan keyin "Barsa" ustozi Robson. 

O'sha kuni zaxira o'rindig'ida ingliz murabbiyi yonida Joze Mourinyu bor edi. Ehtimol shuning uchun ham u Ronaldoni hali ham "o'z ko'zlari bilan ko'rganlarining eng kuchlisi" deb biladi. Ushbu o'yindan so'ng Ispaniyaning AS nashri "Pele qaytdi" sarlavhasi bilan maqola bosib chiqardi.

Robson Pelening o'yinlarini ko'rgan, shunday bo'lsa-da, Ronaldoni undan kuchliroq deb o'ylardi. 

"Bobbi Mur ismli yigitcha meni asosiydan siqib chiqarguncha Angliya terma jamoasida Billi Rayt, Jonni Xeyns va Bobbi CHarlton bilan birga o'ynaganman. Men Terri Butcher, Brayan Robson, Pol Gaskoyn, Romario, Gari Lineker va Alan SHirer kabi buyuk futbolchilarga murabbiylik qilganman. Jamoalarimda yosh Rud van Nistelroy va Luish Figu o'ynagan, men Klaf va Fergyuson bilan muntazam raqobat qilganman, Diego Maradonaning qo'li tufayli milliy terma jamoa bilan Jahon chempionatidan chiqib ketdim. Ko'rganlarim orasida eng yaxshi o'yinchi bo'lish uchun nomzod bo'lgan raqobatchilar juda ko'p bo'lsa-da, bu futbolchi braziliyalik Ronaldo degan bo'lardim", – degan edi ser Bobbi 2007 yilda.

O'sha "Barsa"da o'ynagan Oskar Garsiya sheriklari Ronaldoga hazil qilib, shunday deganini aytdi: "Hech bo'lmaganda gollarni nishonlayotganingda sekinlash".

Albert Seladesning aytishicha, bir marta mashg'ulotlar paytida Ronaldo tom manoda 10 raqibini aldab o'tib (bazilarini bir necha bor) gol urgan.

"Las-Palmas" ustozi Anxel Kappa "Barsa" bilan o'yindan keyin Ronaldoni "aql bovar qilmaydigan istedodga ega "karkidon" deb atagan.

La Liganing o'sha mavsumi g'alati mavsumlardan biriga aylandi: 22 klub chempionatda qatnashdi, chunki "Sevilya" va "Selta"ni ikkinchi divizionga tushirish qarori moliyaviy muammolar tufayli bekor qilingan. Bu iyun oyining o'rtalaridagi so'nggi turlar taqvimida tartibsizlik tug'dirdi. Ronaldo terma jamoadan chaqiruv olgani bois so'nggi 3 ta o'yin va Kubok finalini o'tkazib yubordi. "Barsa" braziliyalikka nihoyatda bog'lanib qolgan edi va tabiiyki chempionlik poygasida yutqazdi.

"Agar o'sha uchrashuvlarda Ronaldo o'ynaganida, biz ularni yutgan bo'lardik – va biz chempionat g'olibiga aylanardik", – deydi Robson ishonch bilan. 

O'shanda Ronaldoning o'rnini egallagan Xuan Antonio Picci ham bunga qo'shiladi: "Men oddiy futbolchiman, u esa aniq bizning sayyoramizdan emas".

Ronaldo 1996/97 yilgi mavsumda "Barselona" tarkibida 48 uchrashuvda 45 ta gol urgan. O'sha davr uchun kosmik raqamlar. O'shanda o'rtacha har bir o'yinda 0,5 ta gol urish eng yuqori darajali hisoblanardi. FIFA qoidalarni hujumkor o'yinchilar foydasiga o'zgartira boshlagan edi, markaziy himoyachilar unchalik texnik bo'lmagan, ammo yaxshiroq himoyalangan. Ronaldoning zamonaviy yulduzlar ishtiyoq bilan foydalanayotgan ushbu bonuslarsiz natija ko'rsatishi – haqiqatan ham noyob hodisa.

Braziliyalik keyingi mavsumni o'sha paytdagi sayyoramizning eng yaxshi ligasida "Inter"da o'tkazdi va dunyoning eng kuchli himoyachilarini "yo'q qildi".

"Men faoliyatimni Diego Maradona bilan bitta klubda boshladim. U menga juda katta tasir ko'rsatdi, ammo Ronaldoni undan ham buyukroq futbolchi sifatida ko'rdim", – deb esladi Fabio Kannavaro.

"Ronaldo maydonda sehr ko'rsatardi. Men hech qachon to'pni bunday yuqori tezlikda boshqarganlarni ko'rmaganman. Menimcha, u tarixdagi eng zo'ri", – Marsel Desayi.

"Maldini bilan tandem hosil qilib, ko'pchilikni qo'riqlaganmiz, shu jumladan, Maradonani, ammo Ronaldo bilan bu juda qiyin kechgan. U tarixdagi eng yaxshi hujumchi. Hatto Pele va van Bastendan ham kuchliroq. Uni himoya qilishning iloji yo'q edi", – deya shikoyati va maqtovini bayon etadi Alessandro Kostakurta.

Mavsum o'rtalariga kelib, hech kim Ronaldo sayyoradagi eng yaxshi o'yinchi ekanligi haqida shubhaga bormadi. World Soccer uning tasvirini muqovada ko'rsatib, "Tarixdagi eng yaxshi?" sarlavhasi bilan ommaga savol bilan murojaat etdi.

Braziliyalik futbolchi UEFA Kubogi finalida "Lacio" bilan eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Ronaldoga qarshi Nesta turdi. 

"Ronaldoga qarshi kechgan Parijdagi final – bu mening butun faoliyatim davomidagi eng yomoni. U qoyilmaqom o'yinchi. Xatolarimni tushunishga harakat qilib, o'sha uchrashuv lavhasini ko'p marta tomosha qilganman. Biz 0:3 hisobida yutqazgandik, lekin asta-sekin bu mening aybim emasligini tushunib etdim. Ronaldoni shunchaki to'xtatib bo'lmasdi. U shu qadar tez ediki, hamma maydonda yugurmasdan jim turgandek tuyulardi", – deya eslaydi Nesta.

Zinedin Zidan o'sha finalni televizorda tomosha qilgan, ammo u hech qachon unutmaydigan bir lahza bor: "Men Ronaldoning ko'p xislatlarini yoqtiraman, ayniqsa, ular orasida bittasi ajralib turadi. 1998 yilgi UEFA Kubogi finali. U chap qanotda Alessandro Nestaga qarshi to'p tepgan. Men aytayotgan fint uning o'ziga xosligini mukammal darajada tavsiflaydi. Bunday qobiliyatga qodir odamlar yo'q desak bo'ladi, Ronaldodan boshqa hech kim buni bunday tezlikda bajara olmasdi".

"Va u buni Nestaga qarshi qildi! Buvimga qarshi emas", – deydi Zizu tabassum bilan. 

"Inter" ustozi Luiji Simoni asta-sekin bunday antiqa voqeliklarga o'rganib qoldi: "Ronaldo – odamni aqldan ozdiradigan istedod. U boshqalarga qaraganda bitta dasturi ko'p mashinaga o'xshardi. Mashg'ulotlarda u yanada kuchliroq edi, bazan ko'z ko'rib ishonmaydigan narsalarni qilardi. Uning uchun bu odatiy hol edi, lekin faqat uning uchun".

1998 yilgi Jahon chempionati paytida Valdano shunday deb yozgan edi: "Ronaldo Franciyaga o'z avlodining o'yinchilari bilan raqobatlashish uchun emas, balki ming yillikning, ehtimol, hatto ikkki ming yillikning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun kelgan". 

Francuzlar final oldidan hujumchi haqida g'ayratli ohanglarda muhokama qilishdi, agar Ronaldo tarkibda bo'lsa, unda hech narsa yordam bera olmasligini tushunib etishdi.

"U "Milan"da o'ynaganimda shu uslubni menga qarshi qo'llagan. Men hatto to'pni ham ko'rmagandim. Uning qaysi tomonga aylanishi muhim emas, siz to'pni ko'rmay ham qolasiz. To'p qaerda? To'p yo'q. Haqiqiy sehr!" – deydi Desayi.

"U sizning yoningizda turganga o'xshaydi, lekin pastga qarashingiz bilan, u ham, to'p ham g'oyib bo'ladi", – deya qo'shimcha qildi Lilian Tyuram.

Franciyaning baxtiga Ronaldo bilan hammasi joyida emasdi. Uning finaldagi ishtiroki futbol tarixidagi asosiy konspirologik nazariyalardan biriga aylandi. Hatto bu masala Braziliya parlamentida ham muhokama qilingan. 

Murabbiy Mario Zagallo shunday degandi: "Tasavvur qiling, agar men uning o'ynashiga ruxsat bermaganimda va Braziliya mag'lub bo'lganida nima bo'lar edi? Buyumlarimni ko'tarib, SHimoliy qutbga ketishimga to'g'ri kelardi".

Ronaldoning tarixdagi o'rnini Janluiji Buffon aniq tavsiflab bergan: "Ronaldo yakkama-yakka holatda g'alaba qozongan – bazan osonlikcha. U buyuklardan biri sifatida esda qoladi, u tarixdagi eng yaxshisi bo'lishi mumkin edi – hatto Pele va Maradonadan ham yaxshiroq. Faoliyatiga tasir ko'rsatgan jarohatlarni olishidan oldin unga qarshi o'ynash baxtiga muyassar bo'ldim. Ronaldo mutlaqo hamma narsani qila oladigan "o'zga sayyoralik" edi. Bunday futbolchining tarixdagi eng zo'riga aylanmagani – katta fojia. Buning uchun uning istedodi etarli edi".

"Menimcha, futbol tarixida bunday narsalarga qodir bo'lgan 20 yoshli futbolchi bo'lmagan", – degan edi Robson yosh Ronaldo haqida.

SHuncha tariflar bekorga emasligini quyidagi raqamlar tasdiqlaydi.

Yosh (20 yoshgacha) futbolchilarning yirik turnirlar(top-ligalar, CHempionlar Ligasi, Evropa va Jahon chempionatlari)dagi natijalari

Yuqorida faqat natijaviylik ko'rsatilgan, lekin u yosh Ronaldo va zamonamizning istalgan iqtidorlari o'rtasidagi farqni yaqqol ko'rsatib beradi. Hozirgi kunda yosh Ronaldoning darajasiga yaqin analoglar ham yo'q. Jahon chempionati paytida Kilian Mbappe braziliyalikni eslatadigan bir nechta "tryuklar"ni amalga oshirdi, ammo daraja boshqa. Mbappe va Muhammad Saloh to'p bilan muomala qilishdagi tezlik bo'yicha bazan unga yaqin keladi, ammo ularning roli ancha torroq.

"Ronaldo – men bilan birga va qarshi o'ynaganlar ichida eng yaxshisi. U to'p bilan muomala qilishni tushunib bo'lmaydigan darajada oson bajarardi. Har bir mashg'ulotda yangi, kutilmagan va chiroyli narsani namoyish etardi. Bu oddiy va ajralib turadigan futbolchi o'rtasidagi farqdir. Ronaldo – ajralib turadiganlar toifasidan", – deya tushuntiradi Zidan.

"Ronaldo – futbol tarixidagi eng kuchli o'yinchi. U aql bovar qilmas sehrgar. Men har doim u buni qanday amalga oshirishi haqida o'ylardim. Hali ham bilmayman, lekin shuni aytamanki, uni hech kim takrorlay olmaydi", – deydi Leo bilan o'ynagan Samuel Eto'O.

Ronaldo aynan qanday o'ynagan?

Ronaldoning shaxsiy fizioteropevti Niltor Pitrone: "O'sha yillarda u 100 metrni 10,2 yoki 10,3 soniyada bosib o'tardi. U shunchaki tezkor emasdi, buni texnika va kuch bilan birlashtirgandi.

Boltning rekord ko'rsatkichi – 9 daqiqa 58 soniya. Ronaldo davridagi eng tezkor futbolchilardan biri Maykl Ouenning tan olishicha, uning ko'rsatkichi – 10,8.

Kuch va kosmik tezlikni brazilcha texnikasi bilan uyg'unlashtirgan Ronaldo himoyachilarni qiyinchiliksiz aldab o'tardi. 1996 yilda "Valensiya"ga urilgan gol Ronaldoning uslubini yaqqol namoyon etadi.

Ushbu golda Ronaldo maydonning begona yarmida to'pni olib qo'yib, barchani aldab o'tadi.

SHunga o'xshash epizodlar ko'p marta yuz bergan. Xaver Zanettining hazillashib aytishicha, "Inter"ning 1997/98 yilgi mavsumdagi yagona rejasi "to'pni Ronaldoga berish va raqib himoyachilarining unga qarshi nima qila olishlarini tomosha qilish" bo'lgan. Zidanning aytishicha, hech qanday ishlanma yoki taktika Ronaldoni to'xtata olmasdi.

"Ronaldo yo'qdan bor qiladi. U gol urishi uchun sheriklarga muhtoj emas. Aksariyat hujumchilar uchun yarim himoyachilar ko'magi kerak, ammo unga shart emas. U shunchaki to'pni oladi va gol uradi. Fenomen", – deya hayajonini yashirmaydi Emilio Butrageno.

Ronaldoning futboli sxemalar va sheriklarga deyarli bog'liq emasdi. Braziliya va "Inter"da u juft bo'lib o'ynagan, "Barselona"da ko'pincha yagona hujumchi bo'lgan. Har qanday tizimda uning roli saqlanib qoldi va yuqorida tavsiflangan super texnikani qo'llash qulay bo'lgan vaziyatlarni yaratishga yo'naltirildi.

"Men barcha himoyachilar va darvozabonni aldab o'tganimdan so'ng gol urishni yaxshi ko'rardim. Bu mening ustunligim emas, odatim edi", - deydi braziliyalikning o'zi.

Bunday vaziyatlarni yaratishning eng oson usuli – bu doimiy ravishda raqib himoya chizig'iga o'tish. Agar himoyachi Ronaldoga ergashsa, u himoya chizig'idagi bo'shliqdan foydalanadi, orqa tomondan ochiladi va poygada g'olib chiqadi.

Agar himoyachi joyida qolsa, Ronaldo erkin burilib, to'p bilan oldinga yuguradi. Bu braziliyalikning sevimli scenariysi, ammo bu uslubdan faqat noyob Ronaldo foydalanishi mumkin edi.

Bu harakat braziliyalikni shu qadar o'ziga xos qildiki, odamlar uning rolini tasvirlashda adashib qolishdi. Zukko insonlar Ronaldo va oddiy hujumchilar roli o'rtasida juda katta farq borligini ko'radi.

90-yillarning oxirida Valdano hayratlanarli darajada aniq bashorat qildi: "Romario – Ronaldoning o'tmishdagi ko'rinishi. Uning to'p tepish nuqtasi jarima maydoni bo'lib, u erda zo'r o'ynar edi. Romario – bu o'tmish. Ronaldoning xatti-harakati – bu kelajak".

"Uning to'psiz harakati juda ajoyib edi. Men hech qachon futbolchining bunday yaxshi harakat qilishini ko'rmaganman. U bilan o'ynashni xohlagan bo'lardim. Ishonchim komilki, u 2000 ta gol urgan bo'lardi, chunki men uni har doim to'p bilan taminlardim", – deydi Ziko.

"Ronaldo bilan o'ynash oson edi, chunki u doimo to'g'ri poziciyaga joylashardi – ham jarima maydonida, ham uning tashqarisida. To'pni olishim bilan Ronaldo men nima qilishimni oldindar bilardi", – deya eslaydi Rivaldo.

Asta-sekin murabbiylar uni cheklashning yo'llarini izlay boshlashdi.

Birinchi sinovlardan birini "Tenerife" murabbiyi Yupp Xaynkes sinab ko'rdi. Nemis Ronaldoni qo'riqlashni Sesar Gomesga ishonib topshirdi. Gomesning omadi keldi. 1:1 o'ynashdi – Ronaldo gol urmadi. 

Keyinchalik u ushbu rolning barcha qiyinchiliklarini mukammal tushuntirib berdi: "Ronaldoni qo'riqlash – futboldagi eng qiyin vazifa. Mening ikkita rolim bor edi – astoydil ibodat qilish va uning ortidan ko'p yugurish. Uchrashuv oxiriga kelib, charchab qoldim. Go'yo bir emas, beshta o'yin o'tkazgandek.

Yosh Ronaldoda kamchiliklar bo'lganmi o'zi?

O'yin bo'yicha deyarli yo'q edi. Faqat kichik tanqidlar bo'lgan. Uning sevimli murabbiyi Mario Zagalloning aytishicha, Ronaldo pas bilan o'ynash xislatini ko'chaytishirishi mumkin edi.

"Biz deyarli har oqshom xordiq chiqarardik. Ertalab mashg'ulot bo'lsa-da, mast bo'lardik. Ertalab men zo'rg'a harakatlanib, nafas olishda qiynalardim, u esa jilmayib, bazada kofe ichardi. Aslida unga mashg'ulotlar shart emasdi – u dunyoning eng kuchli futbolchisi edi", - deydi Kristian Veri.

Ronaldoning "Inter"dagi ustozi Simoni braziliyalikka alohida munosabatda bo'lgan: "Men hech qachon barcha futbolchilar teng deb o'ylamaganman. Ajralib turadiganlar bor – Ronaldo shunday edi. Uning uchun boshqalar yugurishi lozim. Butun jamoa buni tushundi va xursandchilik bilan amalga oshirdi, chunki futbolchilar tarkibda daho bo'lganida jamoa qanchalik kuchli ekanligini yaxshi bilar edi".

1998 yil yanvar oyida "Yuventus" bilan o'yindan oldin Ronaldoga "Oltin to'p" topshirildi. "Inter" 1:0 hisobida g'alaba qozondi, braziliyalik gol urdi, biroq o'yindan so'ng u ziyofatga shunchalik shoshildiki, echinish xonasida sovrinni unutib qoldirdi.

"Barsa"dagi ham shunga o'xshash holat ro'y bergan. Ronaldo imtiyozlarga ega edi. U ikki oy ichida 9 marta Braziliyaga uchardi, bazida Nyu-Yorkka kirib o'tardi. Hamma Ronaldoning ko'rgilxushlikka o'chligini va bunga ko'p vaqtini sarf etishini bilardi.

Ronaldoning merosi

"Ronaldo – ajoyib futbolchi. Fenomen. Men o'zimni u bilan taqqoslashga jurat etolmayman", – deydi Ernan Krespo o'zining "Inter"dagi birinchi matbuot anjumanida. Rasmiy ravishda aynan argentinalik klubda Ronaldoning o'rnini egallagandi.

"U tarixdagi eng muvaffaqiyatli futbolchi. O'ylaymanki, undan yaxshiroq futbolchi bo'lmagan va bo'lmaydi ham", – deydi Zlatan Ibragimovich.

"Jarohatsiz Ronaldo tarixdagi eng buyuk futbolchi bo'lish uchun hamma narsaga ega bo'lar edi", – dedi Robson.

Ronaldo yoshligida forvard haqidagi barcha tushunchalarni "buzib yubordi".

Birinchidan, tezlik. Oldin qanotga tezkor futbolchilar joylashtirilardi. Ronaldo markazga joylashtirilgan birinchi super tezkor top-hujumchi. Leonardoning so'zlariga ko'ra, Ronaldo futbol tezligini o'zgartirdi.

Ikkinchidan, harakat. "Ronaldodan oldin hech bir hujumchi bunday o'ynamagan. U bu poziciyani qayta kashf etdi: to'pni qabul qilish uchun jarima maydonchasidan yarim himoyachilarga yordamga kelar, qanotlarda ochilar, markaziy himoyachilarni aldab o'tardi. SHuningdek, bo'sh joyga ochilar va himoyachilarni dribling evaziga aldab, ichkariga kirib borardi", – deb tushuntirdi Terri Anri.

Uchinchidan, Ronaldo "yolg'on to'qqizlik"ning prototipidir. U koncepciyaga asos solgan himoyachilar uchun dilemma yaratdi.

To'rtinchidan, braziliyalik futbolchi o'ziga xos tarzda o'ynashga qodir bo'lmagan iqtidoridan maksimal darajada foydalanishi kerak bo'lgan bir qancha yigitlarni ilhomlantirdi. Xarri Keyn, Gonsalo Iguain, Karim Benzema va hattoki Rud van Nistelroy Ronaldoga havas qilishgan.

"Men Leo Messi eng yuqori cho'qqiga chiqqan paytlarida "Barselona"da ishlaganman, ammo hanuzgacha Ronaldodan kuchlirog'ini ko'rmadim. U "Kamp Nou"da qoyilmaqom ishlarni amalga oshirardi. Hech kim uni to'xtata olmasdi. Agar u "Barselona"da o'tkazgan yagona mavsumidagi kabi o'ynashni davom ettirganida, bemalol tarixdagi eng yaxshi to'rt yoki beshta futbolchi qatoriga kirishi mumkin edi. U fenomen", - deya xulosa qildi Oskar Garsiya.

Yosh Ronaldo faoliyatidagi barqarorligi bilan emas, balki chiqqan cho'qqisining yorqinligi bilan baholanib, "tarixdagi eng yaxshi" nomiga davogar.

Hozirda bunday futbolchi yo'q – va yaqin orada paydo bo'lishi ham dargumon.

SHerzod Nurmatov tayyorladi. 

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика