"Fenerbaxche" Niderlandiyadagi avtosalonni sudda yutdi. Klub Mixa Zayc transfer pulini adashib ularga o'tkazib yuborgan edi
30 sen 2021 23:11
Yangiliklar
"Fenerbaxche" Niderlandiyadagi avtosalonni sudda yutdi. Klub Mixa Zayc transfer pulini adashib ularga o'tkazib yuborgan edi
Turkiya klubi uchun bu muammo ijobiy hal bo'ldi.
"Fenerbaxche" klubi yarim himoyachi Mixa Zaycning transfer mablag'ini o'tkazishdagi xatolikdan so'ng, Niderlandiyadagi avtosalonlarning birini sudga bergandi.
Turkiya jamoasi pulni "Empoli" klubiga emas, adashib aynan niderlandlar avtosalonlarining biriga o'tkazib yuborgandi. Avtosalon rahbariyati mablag'ni ortga qaytarishni rad etgandi.
Sud esa "Fenerbaxche" klubi foydasiga qaror chiqardi. Avtasalon barcha pulni ortga qaytarishi lozim. Hozirda aynan ushbu jarayon davom etmoqda.
Fikrlar