"Fenerbaxche" Edin Jeko sababli Abduqodir Husanovni qo'ldan chiqargan ekan
20 mar 11:55
Yangiliklar
"Fenerbaxche" Edin Jeko sababli Abduqodir Husanovni qo'ldan chiqargan ekan
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov o'tgan yili Franciya emas Turkiya klubiga o'tishga yaqin bo'lgan ekan.
"O'tgan yil Argentinada o'tgan U-20 Jahon chempionatidan keyin Istanbulga uchib borgandim. U erda Abduqodir Husanov bo'yicha "Fenerbaxche" klubi bilan muzokara o'tkazdim. Turk klubidagilar avval Edin Jekoning transferini hal qilishimiz kerak deyishdi. Sababi muxlislarga mashhur yulduzni tanishtirishimiz keyin Husanov masalasiga qaytamiz deyishdi va 2 hafta o'tib ketdi.
Bu orada "Lans" varianti paydo bo'ldi va Franciya klubi "otni qamchilab qoldi". Franciya klubi bilan og'zaki kelishuvga erishdik. Bir narsani aytishim mumkinki "Fenerbaxche" klubining taklifi moliyaviy tomonlama "Lans"dan ancha ustun edi. Biroq biz og'zaki kelishuvni buzmadik", - dedi Husanovning agenti Gayrat Xasbiullin.
Fikrlar