Felipe Luis: "Bizga qarshi boshqacha o'ynashmoqda"
20 jan 2014 11:19
Yangiliklar


Felipe Luis: "Bizga qarshi boshqacha o'ynashmoqda"
"Atletiko" himoyachisi Felipe Luis "Sevilya"ga qarshi o'yindan (1:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Sevilya" bizga qarshi o'yindan so'ng xuddi finalda yutgandek quvondi. Bu esa bizni hurmat qilishayotganidan dalolatdir. Bizga qarshi endi boshqacha o'ynashmoqda, raqiblar ko'plab himoyachilar bilan harakat qilishni boshlashdi.
Biz raqobat qilayotgan ikki klubning zaxirasida 40-50 million evrolik futbolchilar o'tirishibdi. Ular bilan deyarli teng ochko to'plaganimiz juda muhim", - deydi Luis Reuters axborot agentligiga.
Biz raqobat qilayotgan ikki klubning zaxirasida 40-50 million evrolik futbolchilar o'tirishibdi. Ular bilan deyarli teng ochko to'plaganimiz juda muhim", - deydi Luis Reuters axborot agentligiga.

Fikrlar