Feliks "Betis"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
12 apr 2021 08:11
Yangiliklar
Feliks "Betis"ga qarshi o'yinda jarohat oldi
"Atletiko" forvardi Joau Feliks La Liga 30-tur doirasidagi "Betis"ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Portugaliyalik hujumchining oyog'i raqib zarbasi sabab birinchi taymning so'nggida qayrilib ketdi, ikkinchi taymdagi birinchi daqiqadan so'ng esa Feliks o'zini almashtirishlarini so'radi va uning o'rniga Lukas Torreyra tushirildi.
21 yoshli Feliks joriy mavsum Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Futbolchining "matraschilar" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, uning transfer narxi 80 million evroga teng.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar