So’nggi yangiliklar

17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  0 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  2 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  1 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  4 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  19 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  8 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  6 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  8 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1

Fayzullaevdan oldin "armiya"ni zabt etganlar yoxud CSKAda to'p tepgan o'zbekistonliklar Yangiliklar

Fayzullaevdan oldin "armiya"ni zabt etganlar yoxud CSKAda to'p tepgan o'zbekistonliklar

CSKA jamoasi rasman, Abbosbek Fayzullaevni o'z safiga qo'shib olganini elon qildi.

Biz esa CSKA safida Fayzullaevdan avval to'p tepgan O'zbekistonliklar haqida malumot beramiz.


Yuriy Pshenichnikov (1968-1971 yillar)

"Paxtakor" va CSKA safida faoliyat yuritgan, afsonaviy darvozabon 1940 yil 2 iyunda Toshkentda tug'ilgan. 1960 yillarda "Paxtakor" safida to'p tepgan va keyinchalik CSKAga o'tgan Yuriy Pavlovich, tarixda eng kuchlilardan biri deb tan olinadigan afsonaviy darvozabon Lev Yashin bilan birga SSSR terma jamoasida birga o'ynagan. "Paxtakor" jamoasida 1960-1967 yillarda faoliyat yuritgan darvozabon, 1968 yilgi mavsumda CSKA safiga ko'chib o'tadi. "Armiyachilar" darvozasini uch mavsum himoya qilgan Yuriy Pavlovich, jami 66 uchrashuvda ishtirok etib o'z darvozasidan bor yo'g'i 44ta gol o'tkazib yuborgan. Pshenichnikov Moskvaning CSKA klubi bilan 1970 yilgi mavsumda SSSR chempioniga aylangan, 1968 yil SSSRning eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan. 1972 yili esa "Paxtakor"da o'ynovchi murabbiy sifatida SSSR birinchi ligasida g'olib bo'ldi. SSSR terma jamoasi safida 19ta uchrashuvda ishtirok etgan Yuriy Pavlovich, og'ir jarohat tufayli faoliyatini erta tugatishga majbur bo'lgan. U 1969 yili o'ng qo'lini jarohatlab oldi. SHifokorlar uning qo'liga platinali plastina qo'yishdi. Jarohat tufayli, u 1970 yili Meksikada bo'lib o'tgan jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. SSSR chempionatining oliy ligasida jami 243 o'yin o'tkazgan Yuriy Pavlovich, 2006 yili O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan "SHuhrat" medali bilan taqdirlangan.


Birodar Abduraimov (1969 - 1970)

Sobiq Ittifoq futboli yulduzi, o'zbek futbolining 20-asrdagi eng yaxshi futbolchisi Birodar Abduraimov faoliyatini 1969 yil oxirlarida CSKA bilan bog'laydi. Birodar Hasanovich moskvaliklar tarkibida 38ta uchrashuvda maydonga tushgan va 8ta gol urgan. 


Ulug'bek Bakaev (2001 yil)

Professional futbolchilik faoliyatini "Buxoro" klubida boshlagan Bakaev. 2001 yili CSKA safiga qo'shiladi. CSKA safida bor yo'g'i bir mavsum o'ynagan Bakaev, "armiyachilar" safida bor yo'g'i 7ta uchrashuvda maydonga tushgan.


Aleksandr Geynrix (2003-2004 yillar)

2003-2004 yillarda CSKA safida faoliyat olib borgan hamyurtimiz. Aleksandr Geynrix ham "harbiylar" safida ko'p hurmat qozonmagan. Odatda muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan har qanday futbolchiga xorij jamoalaridan "sovchilar" kela boshlaydi. Albatta Sasha ham bundan mustasno emas edi. Bir qator jamoalar orasidan “Paxtakor” rahbarlari va futbolchi Moskvaning CSKA jamoasini tanlaydi va shu tariqa Geynrix "harbiylar"ning yangi azosiga aylanadi. Takidlash kerakki moskvaliklar tarkibida raqobat o'sha vaqtlarda o'ta kuchli edi. Vagner Lav, Irji Yaroshik, Ivica Olich kabi futbolchilar orasidan asosiy tarkibga kirish oson emas edi. Ustiga-ustak murabbiy Valeriy Gazzaevning hamyurtimizga unchalik ishonmagani oqibatida Aleksandr keyingi ikki yilni asosan zaxira o'rindig'ida o'tkazishga majbur bo'ladi. SHu sababdan Sasha CSKA safida bor yo'g'i ikkita uchrashuvda maydonga tushadi va bitta gol uradi. SHuningdek, Sasha CSKA safida 2003 yili Rossiya chempionatida g'olib bo'lgan.


Davron Fayziev (2000-2001)

Fayziev futbolchilik faoliyatini 1993 yil "So'g'diyona"da boshlagan . 2000 yili Samarqandning "Dinamo" jamoasidan CSKA safiga quchib o'tadi va 2000-2001 yillar davomida, "armiyachilar" safini himoya qiladi. Himoya chizig'ida raqobat kuchliligiga qaramay, Davron Fayziev Moskva klubi safida 23ta uchrashuvda ishtirok etgan va 2002 yili CSKAdan, Vladikavkazning "Alaniya"ga jamoasiga o'tadi.

Vitaliy Denisov (2003-2006 yillar)

Denisovlar sulolasining yana bir vakili Vitaliy Denisov, "Paxtakor" BO'SM tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik Moskvaning "Akademika" klubiga ko'chib o'tgan Vitaliy, CSKA safiga taklif etilgan edi. "Armiyachilar"ning eng gullagan davrida Denisov zaxira futbolchisi bo'lgan, lekin shunga qaramasdan Vitaliy CSKA safida ikki karra Rossiya kubogi(2004/2005, 2005/2006) sohibiga aylangan va UEFA kubogida g'olib bo'lgan (2004/2005). CSKAda o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani sabab, Vitaliy 2006 yili Nijniy Novgorodning "Spartak" jamoasiga ijara asosida o'tadi va bir mavsum davomida 36ta uchrashuvda maydonga tushadi. Keyinchalik Moskvaning "Lokomotiv" jamoasida bir necha mavsum to'p tepgan Denisov, "temiryo'lchilar"ning afsonasi hisoblanadi.


Yuqoridagi nomlardan tashqari Oleg Burov (1984), Vyacheslav Soloho (1969-1970), Gennadiy Denisov (1986) ham "armiyachilar" safida malum vaqt to'p tepgan. 

Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика