Favr "Kristal Pelas" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi
24 iyu 2021 11:18
Yangiliklar


Favr "Kristal Pelas" bilan uch yillik shartnoma imzolaydi
"Kristal Pelas"ning yangi bosh murabbiyi germaniyalik Lyusen Favr bo'ladi.
Tomonlar uch yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi. Endi Favr Angliyada ishlashga ruxsatnoma olishni kutmoqda. Barcha hujjatlar bir necha kundan keyin rasmiylashtirilishi kerak.
"Kristal Pelas" 2020/21 yilgi mavsum APLda 14-o'rinni egalladi. Mavsum so'nggida jamoani Roy Xojson tark etdi. 73 yoshli angliyalik murabbiylik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
63 yoshli Favr esa "Borussiya" (Dortmund)dan o'tgan yilning dekabr oyida ketgan edi. U dortmundliklarni 2018 yildan beri boshqardi va jamoani Germaniya Superkubogi g'olibiga aylantirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar