Favr: “Juda og'ir o'yin bo'ldi. Bu bizga dars bo'ldi”
07 apr 2019 09:19
Yangiliklar


Favr: “Juda og'ir o'yin bo'ldi. Bu bizga dars bo'ldi”
“Borussiya” (D) bosh murabbiyi Lyusen Favr Bundesliga 28-turida “Bavariya”ga (0:5) uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Juda qiyin bahs bo'ldi. Biz uchun bu o'yin saboq bo'ldi. “Bavariya” kerakli paytda o'yin tempini kuchaytirib, muhim qadamlarni tashlay oldi. Taktika haqida gapiradigan bo'lsam, o'yindan keyin bu haqda gapirish oson: bu noto'g'ri taktika edi. Ammo bundan boshqa taktik sxemada o'ynaganimizda hisob bundan yaxshiroq bo'lardi, deb aytolmayman.
Hammasini unutib, keyingi turda “Maync”ga qarshi bahsga hozirlikni boshlaymiz. Agar bugungidek o'ynasak, bizga juda qiyin bo'ladi”, deydi Favr.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar