Favr: "Borussiya"ning eng yaxshi o'yinchilari jamoani keyingi yozdayoq tark etishadi"
07 sen 2015 16:11
Yangiliklar

Favr: "Borussiya"ning eng yaxshi o'yinchilari jamoani keyingi yozdayoq tark etishadi"
Myunxengladbaxning "Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Lyusen Favr jamoadagi etakchi futbolchilar keyingi mavsumda ham klubda qolishlariga ishonmaydi.
"Borussiya"ning eng yaxshi o'yinchilari jamoani keyingi yozdayoq tark etishadi. Men ingliz jamoalarini emas, nemis klublarini nazarda tutmoqdaman. Ular bizdan ancha ko'p maosh beradilar," - deya Favrning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Bild".
Eslatib o'tamiz, yozgi transferlar oynasida "Borussiya"ni Maks Kruze va Kristof Kramer kabi futbolchilar tark etishdi. Ulardan birinchisi "Volfsburg" tarkibiga qo'shilgan bo'lsa, ikkinchisi ijara asosida Leverkuzenning "Bayer" jamoasida to'p tepmoqda.

O’xshash yangiliklar

Fikrlar