Fati uchun 100 mln evro taklif qilgan klub nomi malum bo'ldi
08 iyu 2020 20:50
Yangiliklar
Fati uchun 100 mln evro taklif qilgan klub nomi malum bo'ldi
SHanba kuni nomi oshkor qilinmagan jamoa “Barselona” hujumchisi Ansu Fati uchun 100 mln evro taklif qilgani va kataloniyaliklar bunga rad javob bergani xabar qilingandi.
Diario Sport manbasiga ko'ra, bu klub “Manchester Yunayted” bo'lgan.
17 yoshli futbolchi kelasi mavsum boshlanishidan oldin “ko'kanorranglilar” bilan yangi shartnoma imzolashi zarur bo'ladi. Bitimga ko'ra, Fatining tovon puli 170 mln.dan 400 mln evrogacha ko'tariladi.
Ansu joriy mavsum kataloniyaliklar safida 24ta o'yinda qatnashib, 5+1 natija ko'rsatdi.
Fikrlar