Fati "Real"ga qarshi o'ynash uchun, "Granada" bilan bahsni o'tkazib yuboradi
08 jan 2022 07:54
Yangiliklar
Fati "Real"ga qarshi o'ynash uchun, "Granada" bilan bahsni o'tkazib yuboradi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi noyabr oyidan beri maydonga tushmayotgan Ansu Fati haqida gapirdi.
Uning fikricha, 19 yoshli futbolchi "Granada"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Biroq, Fati "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
"Biz Ansuni yaxshi ko'ramiz. U endi qaytmoqda va bu biz uchun yaxshi xabar. U juda yaxshi ishlamoqda.
Tavakkal qilmoqchi emasmiz, chunki uni mavsum oxirigacha safdan chiqarish xavfi bor.
SHuning uchun, uning to'liq tayyor bo'lishini biroz kutamiz. Gap uning jismoniy holati haqida ketmoqda", - dedi Xavi.
Bazi manbalarda u "Real"ga qarshi o'ynashi mumkinligi qayd etilgan. Eslatib o'tamiz, "Granada"ga qarshi o'yin bugun o'tkaziladi. "Real"ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim final uchrashuvi esa 12 yanvar kuniga rejalashtirilgan.
Fikrlar