Fati: "Maqsadim - "Barselona"da qolish. Ushbu klubda butun faoliyatimni o'tkazmoqchiman"
31 may 2022 14:27
Yangiliklar
Fati: "Maqsadim - "Barselona"da qolish. Ushbu klubda butun faoliyatimni o'tkazmoqchiman"
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati PSJ tomonidan bo'layotgan qiziqishga munosabat bildirdi.
19 yoshli ispan butun faoliyatini Kataloniya klubida o'tkazishni xohlashini aytdi.
"PSJ men bilan shartnoma imzolashga qiziqayotganini bilmayman. Bunday ishlar bilan agentim va ota-onam shug'ullanadi. Boshidan ularga maqsadim "Barselona"da qolish ekanligini aytganman. Butun faoliyatimni ushbu klubda o'tkazmoqchiman", - deydi Fati.
Hujumchi o'tgan mavsum kataloniyaliklar tarkibida 14ta o'yinda myadonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar