Fati 323 kundan so'ng maydonga tushib, "Levante" darvozasiga gol urdi
27 sen 2021 00:33
Yangiliklar
Fati 323 kundan so'ng maydonga tushib, "Levante" darvozasiga gol urdi
"Barselona" Ispaniya chempionatining 7-turida "Levante"ni mag'lub etdi (3:0).
Jiddiy jarohati tufayli deyarli bir yilni o'tkazib yuborgan kataloniyaning yosh vingeri Ansu Fati zaxiradan maydonga tushdi. Asosiy vaqtda u "ko'k-anorranglilar"ning uchinchi golini urdi.
Hammasi bo'lib Fati 323 kunni o'tkazib yubordi. SHu kungacha u oxirgi marta o'tgan yilning 7 noyabrida maydonga tushgan.
Lionel Messi klubni tark etgach, 18 yoshli futbolchi "Barselona"da 10-raqam sohibiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar