So’nggi yangiliklar

17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  0 17:10Лаутаро билан Чалханоғлу ўртасидаги низо туфайли "Интер"да фавқулодда йиғилиш бўлиб ўтди  1 16:05Марказий Осиё. Қозоғистонда пешқадам очко йўқотди, Қирғиз Республикасида кубок ярим финалчилари маълум, Туркманистонда "Аркадағ" 3 та гол ўтказиб юборди  0 15:28Зейтуллаев, Алибоев, Йўлдошев ва Жиянов — Суперлигада 14-турнинг энг яхшилари  3 14:07Алибоев, Норчаев, Жиянов, Ҳожимирзаев ... Суперлига 14-тур рамзий терма жамоаси  6 13:27Расман: Оливье Жиру "Лилль"га ўтди  0 13:08"Барселона" 2025/26 мавсум учун уй либосини тақдим этди  4 12:40Ла Лига раҳбари Тебас клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Бу турнир бошқа ўтказилмаслиги учун қўлимдан келган барча ишни қиламан"  10 12:15Гёкереш инглиз клуби билан келишиб олди  2 11:47Факт: Вадим Абрамов жамоаси Виталий Левченко бошқараётган "Нефтчи"ни ҳали ютмаган  10 10:48Бугун аёллар терма жамоамиз Лаосга қарши баҳс олиб боради  0 10:19Суперлига. 15-тур расмийлари маълум. Марказий учрашувни Лутфуллин бошқариб боради  7 09:44Алонсо ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11 09:17Ўзбекистон кубоги. Бугун сўнгги чорак финалчилар аниқланади  4 08:48Ўзбекистон МТЖ аъзоси “Пахтакор“га қайтиши мумкин  20

Farrux Turdaliev: "Eng yaxshilar qatorida taqdirlashgani uchun muxlislar va mutaxassislarga minnatdorchilik bildiraman" Yangiliklar

Farrux Turdaliev: "Eng yaxshilar qatorida taqdirlashgani uchun muxlislar va mutaxassislarga minnatdorchilik bildiraman"

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" musobaqasining "Bunyodkor"-"Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvidan so'ng musobaqaning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan istedodli posbon Farrux Turdaliev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu yilgi "Hokim kubogi" musobaqasi har doimgidan ko'ra shiddatli ruhda o'tdi. Buni ishtirokchi jamoalarga nazar tashlasangiz ham yaqqol sezish mumkin. Viloyatimiz hokimi Xayrulla Bozorovning futbolga bo'lgan etibori yuqori. SHu sabali bu yilgi musobaqa har tomonlama ko'tarinki ruhda o'tdi. Biz murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajardik, o'yinlarda g'alaba uchun astoydil harakat qildik. Ikkinchi o'rin ham yomon emas nazarimda.

Ikkita o'yinda penaltilar seriyasini yutdik? Bilasizmi, penaltilar seriyasi bu lotoreya kabi, omad kelsa yutasiz. Omadimiz kelgan ekan, shu sababdan ketma-ket ikkita o'yinda penaltilar seriyasidagi g'alaba evaziga g'alaba qozondik. 

Eng yaxshi darvozabon deb topilganim albatta meni ruhlantiradi. Kelajakda biz yangi mavsumga katta maqsadlar bilan tayyorlanmoqdamiz. Nasib bo'lsa har bir uchrashuvda g'alaba qozonib yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Meni eng yaxshilar qatorida taqdirlashgani uchun muxlislar va mutaxassislarga minnatdorchilik bildiraman" - deydi Farrux Turdaliev.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика