So’nggi yangiliklar

15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  3 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  2 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  7 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  3 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6

Farrux SHotursunov: "O'zimni kuchliroq jamoada sinab ko'raman" Yangiliklar

Farrux SHotursunov: "O'zimni kuchliroq jamoada sinab ko'raman"

"Dinamo" jamoasi hujumchisi Farrux SHotursunov "CA" saytiga yakunlangan va kelayotgan mavsum haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Farrux, huquqiy jihatdan "Paxtakor" azosi ekanligingizni yaxshi bilamiz. Mana bir necha yildirki Samarqandning "Dinamo" jamoasida ijarada to'p surmoqdasiz. Bu siz uchun qay darajada ahamiyatli?

- Mana ikki yildan buyon "Dinamo" safida harakat qilib kelmoqdaman. Bu vaqt davomida mana shu klubdan ozmi-ko'pmi tajriba to'play oldim deb o'ylayman. Klubning ajoyib muxlislar bor. Samarqandda futbol uchun hamma narsa etarli lekin ayrim sabablar tufayli bu erda kuchli jamoa tashkil qilish qiyin bo'layapdi deb o'ylayman. "Paxtakor"da raqobatdan qochib "Dinamo"ga kelganim yo'q. Bu klubda o'z o'yinimni ko'rsatib klubga hissa qo'shish uchun kelgan edim. Buni qay darajada uddalaganimni esa muxlislar bahosini beradi. Bu yil esa aniq "Dinamo"da qola olmayman. 

- "Dinamo"da aniq qola olmasangiz oldingizda boshqa takliflar bormi?

- O'zimni kuchli jamoada sinab ko'rmoqchiman. "Dinamo"da o'tgan mavsum 10 ta gol urishga erishgan edim. Bu yil jarohatlar juda katta muammo keltirdi. Mavsum boshida maydonga tusha olmadim, boz ustiga jarohatni yana qaytalatib oldim. Umuman olganda mavsum juda og'ir kechdi. Yakunlangan mavsumdan ko'nglim to'ldi deya olmayman. Mavsum oxirilarida esa avvalgi sport formamga qaytish qiyin bo'ldi. 

- Endi "Dinamo"ni siz uchun sobiq jamoaning deb murojat etsak bo'ladi. Sobiq jamoaningizdagi murabbiylarni tez-tez almashinib turishi natijaga tasir o'tkazdi deb o'ylaysizmi?

- Albatta. "Dinamo" mavsum boshida kuchli o'yin ko'rsatib kelayotgan edi. Bunga nafaqat murabbiylar almashinishi balki boshqa sabablari ham bor.  Har bir jamoada murabbiy o'zgarsa, usha jamoada futbolchilar ham o'zgarishi tabiiydir. Meni jamoasi Ravshan Akmalovich taklif etgan edi va buni qay darajada oqlaganimni muxlislar baholaydi. Fursatdan foydalanib Haydarovga minnatdorchilik bildiraman. Yangi kelgan murabbiyni o'z uslubi bor va unga mos futbolchini maydonga qo'yadi. 

- Bu yilgi qishgi yig'inni qaerda boshlashni rejalashtirmoqdasiz?

- SHartnomam "Paxtakor" bilan. Yana ikki yil qolgan. SHu bois yig'inni "Paxtakor"da boshlayman. Keyingi taqdirim esa shundan so'ng malum bo'ladi.

- Balki OCHL da ishtirok etadigan "Paxtakor" safida qolish eng to'g'ri yo'ldir. 

- Bu borada esa yakuniy fikrni ayta olmayman. Har xil vaziyat bo'ladi. "Paxtakor"da qolishim ham mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика