Farrux SHotursunov: “Katta futbolni his etdim”
03 dek 2013 16:01
Yangiliklar
Farrux SHotursunov: “Katta futbolni his etdim”
Bundan 4 yil avval “Paxtakor” o'rinbosarlari safida debyutini o'tkazgan Farrux SHotursunov yil boshida Ravshan Haydarov taklifiga binoan “Qizilqum” tarkibiga kelib qo'shilgan edi.
Oliy ligada 21 yoshga to'lmagan futbolchilarni o'ynatishni PFL o'z reglamentida ko'rib chiqishi kerakligini, Farrux o'z o'yinlari bilan isbotlashga muvaffaq bo'ldi. Bugungi kunda oliy liga jamoalari safida to'p tepayotgan deyarli barcha yoshlar o'zlariga bildirilgan ishonchni keragidan ortig'i bilan oqlayaptilar. Albatta ularga mehnat va yana mehnatni tavsiya qilamiz. Bu yoshda sinib qolishdan osoni yo'q, muhimi atrofdagilarning gapiga uchmasdan, maishatga berilmasdan faqat va faqat olg'a qadam tashlasalar, ishonamanki, kelajak albatta ularniki bo'ladi. Ikkinchi davrani “Dinamo” safida o'tkazgan SHotursunov mavsum yakuniga ko'ra o'z hisobiga 10ta gol yozib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Albatta bu uning katta futboldagi ilk mavsumi uchun katta yutuq.
- Yil boshida siz va Azamat Abdullaev bepul ijara sharti bilan “Qizilqum” safiga borib qo'shildinglar. Bu o'tish qanday amalga oshgan edi?
- Ravshan aka bizga begona murabbiy emas. Uch yil davomida “Paxtakor” o'rinbosarlari safida to'p tepdim. Bu erda meni hamma sharoitlar qoniqtirar edi. Lekin asosiy tarkibdagi raqobat kuchliligi bois, Samvel Babayan bilan maslahatlashib, ijara asosida boshqa jamoaga ketishga ruxsat so'radim. SHunda klubimiz vice-prezidenti Ravshan aka bilan gaplashib meni “Qizilqum”ga o'tishimga imkon yaratib berishdi. O'z navbatida, oliy ligada katta tajriba ortirganim uchun bu ikki mutaxassisga rahmat aytmoqchiman.
- Yil boshida “Qizilqum” katta yo'qotishlarga uchragan bo'lsada, o'yin jihatdan mukamalikka erishib borayotgan edi. Ammo rahbariyat “Buxoro” bilan o'yindan keyin Haydarovni ketishini istadi. Bu katta hato bo'lganligini, oliy liga yakunida ko'rdik. “Qizilqum” so'nggi turda oliy ligada qolgan bo'lsa, “Dinamo” sakizztalikka kirdi…
- Bu fikringizga qo'shilaman. Ko'rgan bo'lsangiz, ikkinchi davrada “Qizilqum”ni juda ko'p o'yinchi tark etdi. Aslida ular Ravshan akaning hurmati uchun yil boshida jamoada qolgan edilar. Garchand mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, o'yinimiz yomon emas edi. SHunchaki yangi shakillanayotgan jamoaga biroz o'yin amaliyoti va vaqt kerak edi. Haydarov ketganidan keyin “Qizilqum” futbolchilarini kayfiyatlari ham tushib ketdi. O'z-o'zidan ishtiyoq ham yo'qoldi.
- Bir xil saviyadagi jamoalar – “Qizilqum” va “Dinamo”. Agar Haydarov jamoadan ketmaganida, “Dinamo” o'rnida “Qizilqum” bo'larmidi?
- Ha.
- Birinchi davrada 2ta gol urdingiz, ikkinchisida esa 8ta. Ikki jamoaning kuchi bir. Nima uchun “Qizilqum”da ishing Samarqandchalik yurishmadi?
- Avvalo bu murabbiyning ishonchiga bog'liq. Yoshlarga hamma ham imkoniyat beravermaydi.
- 21 yoshingda oliy ligada yomon natija ko'rsatmadingiz. O'zingizga bo'lgan ishonch, qaysi paytda oshdi deb o'ylaysiz, umuman katta futbolga tayyorligingni his qilgan paytingiz bo'ldimi?
- “Paxtakor” o'rinbosarlari tarkibida muntazam ravishda maydonga tushish orqali katta tajriba to'plagan edim. Tarkibimiz ham raqobatga boy edi. Aynan qachon tayyor bo'lganligimni ayta olmayman. Yuqorida takidlaganimdek, bu ko'proq murabbiyga bog'liq.
- Katta futbol va yoshlar o'rtasidagi futbol o'rtasidagi farqni qanchalik his qildingiz?
- Bo'lmasamchi. Katta futbol, bu katta futbol.
- Farrux men sizni anchadan beri tanigan holda, bir narsani aytishim mumkinki, siz rosmanasiga katta futbolga kirib keldingiz. Ammo undan foydalanish yoki foydalanmaslik, faqat va faqat o'zingizga bog'liq. Ming zo'r o'yin qilmang, sog'lom fikr yuritmasangiz, kamida 25 yoshgacha jiddiy ishlamasangiz, keyin barchasi bir pul bo'lishi mumkin. Bunga kuchim etadi deb o'ylaysizmi? Biz muxlislarni siz kabi yoshlardan umidimiz katta.
- Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi. Siz aytgan gaplarga amal qilgan holda, o'z ustimda ishlashga muxlislarga vada beraman. Haqiqatdan ham oliy liga bu umuman boshqa dunyo ekan. Bu erda endi o'yinqaroqlik ketmaydi. Yoshligimda berilgan imkoniyatdan unumli foydalangan holda muxlislarim o'ylagan futbolchi bo'lib etishishga harakat qilaman.
- “Dinamo”ga o'tganindan keyin u erda qiyinchiliklar bo'lmadimi?
- Oz moz bo'ldi. Ammo u erda ham o'zimga tanish bo'lgan futbolchilar borligi bois meni qo'llab-quvvatlashdi. CHempionat yakunlanishiga yaqin gollarim soni oshib bordi.
- Endi ishtaxa ochilganida mavsum tugab qolgani alam qildimi?
- (kuladi) Nimasini aytasiz?
- “Qizilqum”da hujum ortida, “Dinamo”da esa nominal hujumchi rolida to'p tepdingiz…
- Men uchun muhimi hujumga yaqin joyda to'p tepsam bo'ldi. U hujumning oldi bo'ladimi yoki orti farqi yo'q.
- Ikkinchi davradagi omadga ko'proq, raqib himoyachilarni sizni yosh deb etibor berishmagani ham sabab bo'ldimi, keyingi yil ular sizni jiddiy qo'riqlashadi.
- Buni ham yordami bo'ldi. O'z o'yinlarimga kelsak, menga “Lokomotiv”ga qarshi o'tkazgan o'yinimiz yoqdi. SHu kuni mazza qilib maydonda to'p tepdik.
- Agar “Paxtakor” rahbariyati sizni yana ijaraga berishni lozim topishsa…
- Bundan faqat xursand bo'lar edim. Oliy ligada yana ko'proq maydonda to'p tepish orqali, “Paxtakor”ni asosiy tarkibiga kirishni maqsad qilganman. Bu jamoada to'p tepishni ko'pchilik istaydi.
- Yanvar oyida Ummonda 22 yoshli futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Tarkibimiz yomon emas, agar haqiqatdan ham 1991/92 yillarda tavallud topgan futbolchilardan tashkip topgan terma jamoa musobaqaga yo'l olsa, champion bo'lishga ko'zingiz etadimi?
- Bugungi 1991/92 yillarda tavallud topgan futbolchilardan kelib tarkib tuziladigan bo'lsa, haqiqatdan ham O'zbekiston terma jamoasini favoritlar qatoriga qo'shishimiz mumkin bo'ladi. Joriy mavsum shu yillarda tug'ilgan ko'p futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushdilar. Menimcha bu bizni qo'limizdan keladi.
championat.asia sayti o'quvchilari ham SHotursunovga savol berish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
“2410”: O'zingizni MTJga loyiqman deb hisoblaysizmi, "Paxtakor"ga qaytasizmi?
- Buning uchun avvalo qattiq mehnat qilishim kerak. “Paxtakor” yoki boshqa jamoada to'p tepishimni klub rahbariyatining qaroriga bog'liq.
“-Man-UniteD-“: Siz uchun “Manchester Yunayted” kuchlimi yoki “Barselona”? Bu erda "kuchlimi" so'zi har tomonlama qo'llanilgan!
- Bu ikki jamoa bir mavsum davomida, bir chempionatda raqiblik qilmas ekanlar, aniq kuchlariga baho bera olmayman. ECHL doirasidagi o'yinlarga aldanmaslik kerak. CHunki har qanday jamoa, bitta o'yin uchun tayyorgarlik ko'ra oladi. Ikkisi ham o'z zamonining kuchli jamoalari.
“Aziz Rahmon”: “Dinamo” jamoasining infrastrukturasi oliy ligadigi bazi bir jamoalarnikidan yaxshirok. Mana bir necha yildirki “Dinamo” oliy ligamizda muntazam ishtirok etib keladi, biroq sovrinli o'rinlar uchun astoydil kurashmaydi. Bunga nima sabab deb uylaysiz?
– Agar Ravshan Akmalovich jamoada ishlashda davom etsalar, “Dinamo” albatta jiddiy raqiblar qatoridan o'rin oladi.
Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.
Foto: Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar