So’nggi yangiliklar

10:18Marca: ФИФА Винисиус ва Престианни воқеасидан кейин футболга янги қоида киритиши мумкин  2 09:49ФИФА Фаластинда футболни ривожлантириш учун катта миқдрода пул ажратади  2 09:21"Атлетико"нинг асосий юлдузи Жаҳон чемпионатидан кейин "Барселона"га ўтади  9 08:53"Ҳисобга қарамаймиз, асосийси барчага ўйин амалиёти бердик" - Вадим Абрамов Дубайдаги сўнгги ўйиндаги дуранг, сўнгги тайёргарлик ва Санчеснинг дебюти ҳақида  0 08:25"Андижон" 12 нафар футболчини Лига рўйхатидан ўтказди  3 07:57"Каттақўрғон" навбатдаги таржибали легионер билан келишувга эришди  3 07:30"Динамо" 19 ёшли футболчи билан шартнома имзолади  2 07:20Ўртоқлик ўйини. "Динамо" БАА йиғинидаги сўнгги ўйинида "Елимай" билан дуранг қайд этди  1 03:06Конференциялар лигаси. Биринчи ўтиш ўйинлари меҳмонларга аталди  1 02:57Европа лигаси. "Штутгарт"дан йирик ғалаба, "Панатинаикос"дан дуранг ва бошқа натижалар  0 02:29Карло Анчелотти: "Шартномамни яна тўрт йилга узайтираман"  4 02:08ЎФА ва ЎзПФЛ Суперлига жамоалари вакиллари иштирокида йиғилиш ўтказди  5 00:58Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" Хорватияда дуранг қайд этди ва бошқа натижалар  2 00:46Европа лигаси. Меҳмонлар учун аталган кеча: "Ноттингем" Туркияда "Фенербаҳче"ни аямади ва бошқа натижалар  1 00:21Чилаверт: "Реал"нинг 90 фоизи қора танлилар, бироқ муаммо фақат Винисиусда"  19

Farrux Sayfiev: "Terma jamoada istalgan joyda o'ynashga tayyorman" Yangiliklar

Farrux Sayfiev: "Terma jamoada istalgan joyda o'ynashga tayyorman"

O'zbekiston - Bahrayn (0:0) uchrashuvidan so'ng chap qanot himoyasida o'ynagan Farrux Sayfievning fikrlari bilan qiziqdik.
- Bugun ilk bor chap qanot himoyasida o'ynadingiz. Qanchalik qiyin bo'ldi?
- Terma jamoa safida istalgan joyda o'ynashga tayyorman. Murabbiy menga shu nuqtani ishonib topshirdimi, demak uni bajarishim kerak. O'zim uchun ham bu katta sinov edi, boisi oliy ligada emas, kuchli raqibga qarshi o'yinda imtihondan o'tdim.

- Uchrashuvda o'zingiz o'ylagan rejani qanchalik maydonda ko'rsata oldingiz?

- Qo'ldan kelgancha harakat qildim, Xudoga shukur qo'pol xatolarsiz o'tdi. Bunday qiyin o'yinlarda birgina gol uchrashuv taqdirini hal qiladi Himoyachilar uchun avvalo o'z darvozasi daxlsizligini saqlash birinchi o'rinda turadi.

- Raqib haqida taassurotlar?
- Bahrayn - kuchli jamoa. Bizga etarlicha tashvish tug'dirdi. O'yin bundan ham yaxshi bo'lishi kerak edi. Ammo Osiyo Kubogi oldidan bir qator sinov ishlari o'tkazilyapti. Boisi u erda har qanday qarshilikka tayyor turishimiz kerak. Bunday o'yinlar esa, biz o'sha taktikani amalga oshira olamizmi yoki yo'q degan savollarga oydinlik kiritadi.  

- Qatar va Bahraynni solishtirsak...
- Ikkala jamoa kuchli, lekin Qatar bilan bahsda legionerlar yo'q edi. Bugun esa tarkibimizda tajribali futbolchilar ko'proq bo'ldi.  

- Terma jamoaning muhim azosiga aylanish uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?

- Imkoniyat berilgan har bir o'yinda o'zimning bor kuchim bilan o'ynashim kerak. SHunda barchasi yaxshi bo'ladi.

- Yaqinda terma jamoaga chaqirila boshladingiz, tajribali futbolchilar tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'lyaptimi?
- Barcha sheriklarim mendan katta va tajribali. Ular menga kerakli maslahatlarni berib turishdi. Ularga rahmat aytmoqchiman. Jamoamiz ahil, menimcha, oliy maqsad yo'lida birlashgan holda, marrani zabt eta olamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика