So’nggi yangiliklar

08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  0 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  5 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3

Farrux Axunov: "Hozir "Cementchi"da raqobat juda kuchli" Yangiliklar

Farrux Axunov: "Hozir "Cementchi"da raqobat juda kuchli"

Farg'ona viloyati "Hokim kubogi-2019” musobaqasi “V” guruhi 2-turidan o'rin olgan “Cementchi” – “Lokomotiv U-21” (0:0) uchrashuvidan so'ng quvasoyliklar futbolchisi Farrux Axunov championat.asia saytiga intervyu berdi.

Bugun qiziqarli o'yin bo'ldi. "Lokomotiv" jamoasining yosh tarkibi bizga qarshi juda yaxshi harakat qilishdi. O'z navbatida biz ham bu jamoaga nisbatan jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. Hisob ochilmagan bo'lsada, bugun muxlislarga yoqadigan qiziqarli uchrashuv bo'ldi deb o'ylayman. Jamoamiz rahbariyatiga, bosh murabbiyimiz Sardor Zokirovga bizni "Hokim kubogi-2019" musobaqasiga olib kelganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. "Cementchi" jamoasi tarkibiga qo'shilganimdan xursandman, bu jamoa o'z oldiga har doim jiddiy maqsadlar qo'yadi. To'g'risini aytaman, hozir jamoamizda raqobat juda kuchli, kim o'zini ko'rsata olsa, yorqin o'yinlar ko'rsata olsa, o'sha jamoada qoladi.Ushbu musobaqa milliy chempionatlarimizga yanada yaxshiroq tayyorlanishimizga imkon yaratmoqda.

"Hokim kubogi-2019" musobaqasida har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Oldinda bizni kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman.

Dostonbek Umurzaqov yozib oldi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика