So’nggi yangiliklar

22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  2 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2

Farruh Turdaliev: "Afsus, “Neftchi” Superligaga qayta olmadi" Yangiliklar

Farruh Turdaliev: "Afsus, “Neftchi” Superligaga qayta olmadi"

A Pro-Liga 28-turidan o'rin olgan “Neftchi” - “Mashal” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar posboni Farruh Turdaliev saytimizga intervyu berdi.

- Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz...
- Bugun A PRO-Liga g'olibiga qarshi maydonga tushdik. Bu o'yinga jiddiy hozirlik ko'rgandik. CHempionga qarshi o'ynaganimiz bois, muxlislarga o'zimizning nimalarga qodir ekanligimizni isbotlashimiz zarur edi, qiyin o'yin bo'ldi, o'ylaymanki bugungi o'yinga tashrif buyurgan muxlislar tomoshabop va qiziqarli futbol uchrashuviga guvoh bo'lishdi.

Afsus, bu yil “Neftchi” Superligaga qayta olmadi. Lekin jamoamizda butun mavsum davomida iqtidorli yosh futbolchilar etishib chiqdi, etibor bergan bo'lsangiz, mavsumning ikkinchi qismida o'yinimiz ijobiy tomonga o'zgardi. O'ylaymanki, “Neftchi”ning kelajagi porloq.

- “Neftchi”ning joriy mavsumda Superliga yo'llanmasini qo'lga kirita olmaganligiga nimalar sabab bo'ldi hisoblaysiz?

- Mavsum boshida bizga nimadir etishmadi. Ko'pgina uchrashuvlarda bizdan omad yaqqol yuz o'girdi. Aslida o'yin borasida xech qaysi jamoaga yutqazmadik deb o'ylayman, lekin negadir dastlabki bahslarda o'yinimiz qovushmadi.

- Mavsum davomida ko'p uchrashuvlarni o'tkazib yubordingiz. Buning sababi nimada?

- Mavsum avvalida biz Muzaffar Abdullaev bilan raqobatga kirishdik. Jamomiz murabbiylari uni yoki meni maydonga tushirishni ixtiyor qilishgan ekan, biz ularning qarorini hurmat qilamiz. Bizni vazifamiz yaxshi o'ynab, o'zimizni maydonda ko'rsatishda iborat. Bundan tashqari mavsumning ikkinchi qismi avvalida menda jarohat bor edi. SHu sababli ko'pgina uchrashuvlarda maydonga tusha olmadim. Mana kuni kelib yana “Neftchi” tarkibida maydonga tushayapman, oz bo'lsada jamoamiz yutuqlariga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman. Mavsum davomida kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislaimizga minnatdorchilik bildiraman.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика