Farruh Sayfiev: "G'alabani osonlikcha qo'lga kiritmadik"
06 avg 2015 04:00
Yangiliklar


Farruh Sayfiev: "G'alabani osonlikcha qo'lga kiritmadik"
Oliy liganing 16-tur ramziy terma jamoasidan o'rin olgan "Nasaf" futbolchisi Farruh Sayfievning fikrlari bilan qiziqdik.
"Albatta, ramziy terma jamoaga kirish yoqimli holat. O'yin oson bo'lgani yo'q. "Andijon" jamoasi bizga etarlicha qarshilik
ko'rsatdi. SHunga qaramay biz g'alaba qozona oldik. Bu o'yindagi g'alabani
osonlikcha qo'lga kiritmadik. Muhimi, biz o'tgan turda safarda uch ochkoni qo'lga kiritganimiz. To'g'risini aytaman, ramziy terma jamoaga kirishimni kutmagandim. Bizni ketma-ket ikkita muhim bellashuv kutib
turibdi. "Olmaliq" va "Lokomotiv"ga qarshi o'yinlarda muxlislarimizni
xursand qilamiz degan umiddaman", - deydi Farruh Sayfiev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar