“Farovon” – Farg'ona viloyat kubogi sohibi!
01 noy 2017 17:51
Yangiliklar
“Farovon” – Farg'ona viloyat kubogi sohibi!
Bugun Farg'ona shahridagi “Neftchi” futbol maktabining so'niy maydonida (BO'SM) viloyat kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Avval xabar berib o'tganimizdek, hal qiluvchi bahsda Oltiariqning “Iftixor” va Marg'ilonning “Farovon” jamoalari to'qnash kelishdi. SHiddatli va keskin kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda Islom Ismoilov boshchiligidagi “Farovon” jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozondi va bosh sovrin egasiga aylandi.
Uchrashuv yakuniga etgach, g'olib jamoaga Farg'ona viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Hakim Fayziev maxsus kubokni topshirdi.
SHu tariqa, Farg'ona viloyatida o'tkazilgan futbol mavsumi poyoniga etdi. Oltiariqning “Iftixor” jamoasi viloyat birinchiligi g'olibiga aylangan bo'lsa, Marg'ilonning “Farovon” klubi viloyat kubogi sohibi bo'ldi.
Farg'ona viloyati kubogi
Final
“Iftixor” – “Farovon” – 2:3.
Abror DEHQONOV
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar