So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Farhod Tojiev nima uchun "Dinamo"ga qaytganini aytib berdi Yangiliklar

Farhod Tojiev nima uchun "Dinamo"ga qaytganini aytib berdi

Teglar :  Farhod TojievDinamo
Ikkinchi davra oldidan Dinamo jamoasi o'z safini tajribali hujumchi Farhod Tojiev bilan kuchaytirdi.

Samarqand futboli uchun begona bo'lmagan ushbu forvard bilan yil yakuniga qadar shartnoma imzolangach, Farhod Tojiev klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Farhod, suhbatimizni Dinamoga o'tishingiz qanday ro'y berganligidan boshlasangiz…


- Yil boshidan buyon Malayziyada to'p surayotgandim. Yaqinda esa klubim bilan shartnomam yakuniga etgach, O'zbekistonga qaytishga qaror qilgandim. Malayziyadan qaytishimdan 2-3 kun oldin, Dinamo klubi bosh menejeri Ilhom aka SHaripov bilan qo'ng'iroqlashgandim. O'shanda Ilhom aka men va Dilshod SHarofutdinovdan Samarqandga qaytishimizni so'ragandilar. Toshkentga qaytaganim zahoti yana Ilhom aka aloqaga chiqib, meni Dinamoda kutayotganligini aytdilar. O'sha payt Olmaliqdan ham taklif chiqqan va ular Belorussiyadagi yig'inda ishtirok etishimni so'ragandilar. Minskdagi yig'in yakunida Samarqanddan yana qo'ng'iroq bo'lgach, Dinamoga o'tishga qaror qildim.

- Boshqa takliflar emas, aynan Dinamo tanloviga to'xtalishingizga nima sabab bo'ldi?


- Sababi, o'zim ham Samarqandda to'p surishni istadim. CHunki, faoliyatimning eng yorqin damlari, eng yaxshi xotiralarim aynan Dinamo bilan bog'liq. Bilasiz, 2007 yilda aynan Dinamoda Oliy Ligada debyut qilib, o'shanda chempionatning eng yaxshi to'purarlaridan biriga aylangandim. Dinamo ham o'shanda 5-o'rinni egallagandi. Samarqand va Dinamo yuragimdan joy olganligi, faoliyatimning eng yaxshi davri shu erda o'tganligi uchun yana o'sha natijalarni takrorlash uchun qaytdim.

- Dinamoga o'tish oldidan kimlar bilan maslahatlashdingiz?


- Ilhom aka SHaripovni juda hurmat qilaman. Sobiq futbolchi sifatida u kishi barchamizni juda yaxshi tushunadi. Eng asosiysi u kishi Dinamoda o'yin amaliyotim bo'lishini aytdilar. Qolaversa, klubga kelmasimdan oldin Aleksey Nikolaev, Temur Jo'raevlar ham jamoa haqida iliq fikrlar bildirishgandi.


- Olmaliqda ham qolishinigiz mumkinmidi?

- Bilasizmi, futbolchi hamma joyda ham o'z so'zini aytib, o'zini ko'rsata olmaydi. Oldingi yil Olmaliqda to'p surib, unchalik omadim kelmagan. Dinamoda esa bungacha ikki marta o'ynagan bo'lsamda, ikki safar ham bu jamoa aynan meniki ekanligini his qila olganman. Xudoga shukurki, negadir aynan Samarqandda doimo omadim yurishadi. O'zimni har tomonlama ko'rsata olganman. SHu bois bo'lsa kerak, samarqandlik muxlislar bilan haligacha aloqada edim, ularning qo'llab-quvvatlashini doim sezganman. Bu safar ham Dinamo safida ularning ishonchini oqlash uchun bor kuch va imkoniyatimni ishga solaman.

- 2007 yilgi faoliyatingizni eslab tursangiz kerak…

- Bu damlarni esdan chiqarib bo'lmaydi. Har o'yinda Samarqanddagi Olimpiya o'yingohi muxlislar bilan to'lardi. Faoliyatimdagi eng chiroyli golimni ham aynan Oliy Ligadagi debyut o'yinimda Zarafshonda Qizilqum - Dinamo (1:2) o'yinida akrobatik tarzda nishonlagandim. Rahbariyat ham jamoani doimo qo'llab-quvvatlardi, biz ham bir oila bo'lib keyingi o'yinni intizorlik bilan kutardik. O'sha mavsum adashmasam, 19 ta gol urgandim. Undan keyin Paxtakor, Lokomotiv va yana boshqa jamoalarda ham faoliyat yuritgan bo'lsamda, aynan Dinamodagi faoliyatim bir umr yodimda qolgan. Tachmurod Agamurodov qo'l ostida juda ahil jamoa yig'ilgandi. Bugun ham Ilhom SHaripov qo'l ostidagi jamoaga qo'shilib, jamoa bir oilaga aylanganligiga guvoh bo'lib turibman.

- Malayziyadagi faoliyati davomida ham Oliy Ligadan boxabar edingizmi?


- Albatta, chempionatimizni internet orqali kuzatib borardik. Yil boshida Dinamoning peshqadamligini ko'rib, ochig'i juda quvongandik. CHunki endi elitaga qaytgan yosh jamoadan hech kim bunday natija kutmagandi.

- Malayziyada bir qator sobiq Dinamochilar bilan birga to'p surgansiz…


- CHindanam, 2015 yili Malayziya chempionatiga Sadriddin Abdullaev, Boyan Miladinovichlar bilan ilk marta borganimizda Dilshod SHarofutdinov o'sha erda edi. Eng qizig'i, biz borgan klubda Dinamodagi sobiq jamoadoshimiz Devid Oniya ham bor edi. O'z vaqtida, aniqrog'i 2007 yil Devid Oniya Samarqandga kelganida biz unga rus tilini o'rgatib, yordamlashgan bo'lsak, 2015 yilda aynan Devid Malayziyada ingliz tili borasida bizga yordam bergandi. Rahmatli yurak xuruji tufayli vafot etdi. O'shanda ajoyib do'stimizni yo'qotganimiz uchun juda qayg'uga botgandik. U 7 yil Samarqandda yashab, oilali bo'lganligini aytib, yana bu shaharga qaytishini takidlardi.

- Ikkinchi davradan nimalarni kutayapsiz?


- Bizni juda qiziqarli o'yinlar kutib turganligiga shubham yo'q. Umumiy gapiradigan bo'lsam, chempionlik uchun ham kurash qiziydi deb o'ylayman. Ko'pchilik, Lokomotivni chempionlikka juda yaqin deyishmoqda, ammo hali bu haqda gapirish juda erta. Paxtakor, Nasaf jamoalari ham chempionlik uchun kurash olib borishsa kerak. Dinamo esa Samarqandda o'tadigan Paxtakor, Bunyodkor, Lokomotivga qarshi o'yinlarda ham grandlarga jiddiy qarshilik ko'rsatishiga vada beramiz. O'zimning reja va maqsadlarimga kelsam, Dinamo safida yana gollar urib, Samarqand jamoasini yuqori o'rinlarga olib chiqishga bor kuch va g'ayratimni ishga solaman. Kubokda ham finalga chiqishimiz shart.

Suhbatimiz yakunida milliy terma jamoamiz muxlislardan har qanday holatda ham O'zbekiston milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. Ayrim futbolchilar shaniga internetda juda nojo'ya so'zlar aytishdan tiyilish lozim, bu futbolchilarga salbiy tasir qiladi. Oldimizda ikkita o'yin qoldi. SHunday ekan, yigitlarimizni har doimgidan ham yaxshiroq qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolgan bo'lardim. Jamoamiz ayni damda muxlislar daldasiga muhtoj.

Usmon IBODOV suhbatlashdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика