Farhod Sohibjonov: "Jismoniy jihatdan raqibdan ustunlik qilganimiz uchun g'alabaga erishdik"
06 avg 2022 22:41
Yangiliklar
Farhod Sohibjonov: "Jismoniy jihatdan raqibdan ustunlik qilganimiz uchun g'alabaga erishdik"
- Bir oylik tanaffusdan keyin mavsumni davom ettiryapmiz. O'tgan vaqt mobaynida jismoniy holatimizni yaxshiladik va aynan shu jihat orqali g'alabaga erishdik deb o'ylayman. Ikkinchi davradagi birinchi o'yin ham qiyin o'tadi, chunki jamoada ko'p narsalar o'zgaradi. Boshlanishida futbolchilar bir-birini tushunishi qiyin bo'ladi. SHu sababli kirishib ketish qiyin bo'ldi.
- Ikkinchi davra oldidan jamoaga yaxshi saviyali hujumchilar olib kelindi. Raqobatga qanday qaraysiz?
- Raqobat bo'lgani yaxshi. Ulardan ham bilmagan, o'rganmagan narsalarimizni o'rganamiz. Raqobat bo'lsa, o'sishga ham yaxshi bo'ladi.
- "Andijon" bu yil Superligaga chiqa olmasa, jamoa tarkibida qolasizmi?
- Hozircha bu haqida o'ylab ko'rganim yo'q. Hammasini vaqt ko'rsatadi.
Fikrlar