So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  1 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Farhod Sohibjonov: "Ikkinchi davrani bundan ham yaxshiroq o'tkazamiz, degan umiddaman" Yangiliklar

Farhod Sohibjonov: "Ikkinchi davrani bundan ham yaxshiroq o'tkazamiz, degan umiddaman"

"Andijon" futbol klubi ikkinchi davraga tayyorgarligini boshladi.

"Tojikistonda o'tayotgan yig'in mavsumning ikkinchi qismi uchun juda muhim hisoblanadi. SHu sababli futbolchilar mashg'ulotlarda zo'r berib ishlashmoqda", - deb yozadi klub matbuot xizmati.  

Jamoaning istedodli o'yinchilaridan biri Farhod Sohibjonov esa “Andijon” klubi matbuot xizmatiga tayyorgarlik, birinchi davradagi taassurotlar va ikkinchi davra oldidan nimalarni ko'zlayotgani haqida gapirdi. 

-  “Andijon”ning ikkinchi davraga tayyorgarligi Tojikistonda boshlandi. Barchasi siz uchun qoniqarli kechyaptimi?
-  Ha, tayyorgarligimizni boshlab oldik. Bu erdagi sharoitlar yaxshi, ko'nglimiz to'lyapti.

-  Ayting-chi, birinchi davradan har jihatdan qoniqdingizmi?
-  Ha, menimcha, muxlislarimizni ham ko'ngli to'lyapti, deb o'ylayman. Ikkinchi davrani ham mana shunday ruhda va bundan ham yaxshiroq o'tkazamiz, degan umiddaman. Uy o'yinlarimizda ishqibozlarimiz yanada ko'proq bo'lsa, biz futbolchilarga dalda berib turishadi va bundan ham zo'r o'yinlar ko'rsata olamiz. 

-  Umuman olganda, ikkinchi davradan nima kutyapsiz?
-  Ikkinchi davrada ko'proq gollar urib, golli paslarni amalga oshirib, jamoamning g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman. 

-  Yozgi yig'indagi asosiy etibor nimaga qaratilyapti?
-  Yozgi tayyorgarlikda etiborimiz ko'proq chidamlilik, texnika va taktikaga qaratilgan. Bir qator o'yinchilarimiz jarohatdan keyin endi qaytishdi. Ularga tezroq sport formasiga tushib olishlarini tilab qolaman. Yana boshqa jarohat olgan jamoadoshlarimiz ham bor va ularga sog'lik tilab, tezroq safimizga qaytishini istayman. Biz bir jamoamiz!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика