So’nggi yangiliklar

14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  1 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  7 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  16 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6

Farhod Safarov: “PFL Kubogida "o'lim" guruhidan joy olganmiz” Yangiliklar

Farhod Safarov: “PFL Kubogida "o'lim" guruhidan joy olganmiz”

Birinchi liga ishtirokchisi Toshkentning “Obod” jamoasi o'tkan yili PFL Kubogining finaliga qadar etib borgandi.
Xayrulla Abdiev boshqaruvidagi jamoa bu yilgi turnirni ham g'alaba bilan boshladi. “S” guruhidan o'rin olgan “Obod” bugun elita vakili “Navbahor”ni mag'lub etdi. Uchrashuvdan so'ng klub direktori Farhod Safarov bilan suhbatlashdik.
- Yodingizda bo'lsa o'tkan yili PFL Kubogida finalga qadar etib borgandik –deya gap boshladi Safarov. – Maqsadimiz kamida shu natijani takrorlashdir. Bu yo'lda yigitlar astoydil xarakat qilmoqda.

- “Navbahor”ga qarshi kechgan o'yin haqida fikringiz qanday?
- O'yin yaxshi o'tdi. Futbolchilarimizda g'alaba uchun ishtiyoq yuqori ekanligini ko'rish mumkin edi. Futbolda bu juda muhimdir.

- Oliy liga vakili nimani evaziga mag'lub etildi?
- “Navbahor” ham jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Lekin bitta gol o'yin taqdirini hal qildi.

- Jamoangiz o'rin olgan guruh haqida nima deysiz?
- Bemalol ayta olamanki, “o'lim” guruhi! Etibor bering bizning “S” guruhda oliy liga jamoalari o'rin olgan. “Navbahor”, “SHo'rtan”, “Lokomotiv” hamda “Obod”. Bu biz uchun ham qiziqarli bo'ladi.

- “Obod”ni yangi mavsumga ko'rayotgan tayyorgarligidan ko'nglingiz to'lyaptimi?
- Albatta. Hammasi rejadagidek ketmoqda. Munosib ravishda hozirlik ko'rishimiz uchun etarli sharoitlar yaratilgan. Umid qilamanki, chempionatga qadar yigitlar yanada o'sishga erishadi.

- Tarkibda ham o'zgarishlar qilinayotganini ko'ryapmiz...
- Ha, o'tgan yilgiga nisbatan bu yil tarkibni yanada kuchaytirib raqobatni oshirmoqchimiz. O'ylaymanki tarkibimizga birinchi liga toifasidagi mahoratli o'yinchilar qo'shilmoqda.

- Ko'pchilik muxlislar endilikda “Obod”ni oliy ligaga chiqish uchun asosiy davogarlardan biri deya etirof etmoqda.

- Bundan xursandmiz. Munosib bahoni aynan ishqibozlar beradi.

- Aslida bu yil jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilmoqda?
- Har bir bahsda mazmunli o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishga xarakat qilamiz. O'tgan yili debyut mavsum bo'lishiga qaramay, yigitlarimiz yaxshi natija ko'rsatgandi. O'ylaymanki bu yil undan-da yaxshiroq natijaga erishamiz. To'g'risi hozir avvalo PFL Kubogini yutishni o'ylayapmiz. Keyin chempionat haqida jiddiy bosh qotiramiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика