So’nggi yangiliklar

10:17Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон U-16 термаси Японияга қарши баҳс олиб боради  2 09:52"Ливерпуль" Германия МТЖ аъзоси билан музокараларни бошлади  0 09:25А Сериянинг энг кўп ойлик олувчи футболчиси "Бавария"га текинга ўтиши мумкин  1 08:58"Монако" янги бош мураббийини эълон қилди  0 08:30Ҳайдаров шогирдлари бугун Қозоғистонга қарши майдонга тушади  5 08:02ЖЧ-2026 саралаш. Осиё қитъасида иккинчи тур учрашувлари бўлиб ўтди  9 07:35Мессининг бенефисига айланган баҳсда "Интер" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  13 02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  8 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  16 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1

Farhod Nurullaev: "Bugun qarshi hujumda o'ynab, natijaga erishishni maqsad qilgandik" Yangiliklar

Farhod Nurullaev: "Bugun qarshi hujumda o'ynab, natijaga erishishni maqsad qilgandik"

Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Farhod Nurullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- O'yinni ko'rdinglar, har ikki jamoa uchun og'ir o'tdi. Biz himoyadan o'ynab, qarshi hujumda natijaga erishishni maqsad qilgandik. "Nasaf" jamoasi bir kishi kam bo'lib qolganidan unumli foydalana olmadik. Baribir, bu jamoaning o'z darajasi bor. Gol juda ajoyib zarba evaziga urildi, bunda jamoamiz vakillarini ayblamagan bo'lardim. Yigitlar bugun yomon harakat qilishmadi.

- Jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov nega bugun o'yin qaydnomasiga kiritilmadi?

- Bosh murabbiyda kartochkalar sabab diskvalifikaciya yuzaga keldi. SHu bois bugun qaydnomaga kiritilmadi.

- Jamoa bosh murabbiyi o'yin bo'yicha sizga ko'rsatmalar berib turdimi?

- Albatta, bosh murabbiy ko'rsatmalar beradi. Tanaffus vaqtida bizga ikkinchi bo'limda amalga oshiriladigan ishlar haqida o'z tavsiyalarini berdi.

- Biz ko'rdik, Jamshid Saidov media tribunada telefon orqali murabbiylar shtabiga ko'rsatmalar berib turdi. Lekin ikkinchi bo'lim o'rtalarida deyarli zaxira o'rindig'igacha bordi. Bunga qanday izox berasiz?

- O'yin jadallashib ketdi. Emociyalar junbushga keldi, harorat ortdi. Bosh murabbiy natijaga asosiy javobgar va unda ham emociyalar bo'lishi mumkin.

- "Qizilqum" yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga jalb etilishi mumkin bo'lgan futbolchilar bormi?

- Hozir Diyor Rahmatullaevni asosiy tarkibga jalb etib borayapmiz. Iqtidorli yoshlar bor. 4 nafari olimpiada uchun vodiy jamoasiga jalb etilishdi. Kelgusida asosiy tarkib jamoasida o'ynashi mumkin bo'lgan yoshlarimiz bor.

- Gruziyalik legionerlar nega zaxirada qolayapti?

- Birida jarohat bor. Kuxianidzeni ikkinchi bo'limda yangi kuch sifatida maydonga tushirish rejamiz bor edi. Ketma-ket o'yinlar tufayli charchoq bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика