So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

Farhod Nishonov: "O'yinoldi jarayonlarda o'ng qanot himoyachimiz o'zini yomon his qildi" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "O'yinoldi jarayonlarda o'ng qanot himoyachimiz o'zini yomon his qildi"

Pro-liganing 2-turidan o'rin olgan "Do'stlik" - "Olimpik Mobiuz" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin o'yin o'tkazdik. O'tgan turda yutqazib qo'yganimiz jamoamiz yigitlariga qattiq tasir qilgandi. Bugungi maqsad faqat g'alaba edi. Yigitlar xarakter ko'rsata olishdi, yakunda g'alabani tantana qildik. Jamoaga g'oliblik ruhiyatini singdirish asosiy maqsadlarimizdan hisoblanadi.

- Qanot vingerlarida tezlik va tajriba etishmagandek ko'rindi. Hujumlar asosan markazdan tashkil etildi. Bu ko'rsatmamidi yoki o'yinga tanlangan uslubmi?

- Yo'q, bu o'yindan kelib chiqib yuzaga kelgan vaziyat. Jarayonning borishiga qarab shunday o'yin ko'rsatdik. "Do'stlik"ning o'yinlarini ko'rib chiqqanmiz, ularda tezkor futbolchilar bor edi. Qo'shimcha o'rnida, o'yinoldi jarayonlarda qanot himoyachimiz o'zini yomon his qildi.

- Hozir holati yaxshimi?

- Ha, qo'rqadigan joyi yo'q. Keyingi o'yinga tayyor bo'ladi. Uning o'rniga boshqa futbolchini tushirdik, o'zini yaxshi ko'rsatdi.

- "Do'stlik" birinchi bo'limda 2 ta yaxshi vaziyatga ega bo'ldi. SHu holatlarda jamoangiz himoya chizig'ida palapartishliklar bor ekandek ko'rindi...

- Tarkibimiz yosh, asosan 2006-2007 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'ynayapti. Keyin ular turli akademiyalardan jalb etilgan. O'zaro bir-birlarini tushunishga vaqt kerak. Keyin bu yoshdagi futbolchilarda hayajon ham kuchli bo'ladi.

- O'sha vaziyatlarda gol bo'lmagani omad bilan bog'liqmi?

- Futbolda omadning o'rni hamisha muhim. Biroq, o'sha vaziyatlarda darvozabonimiz yaxshi harakat qildi. To'g'ri joy tanlagani bois raqib hujumchisida sarosima ko'zga tashlandi, aniq harakat qila olmadi.

- Jamoangiz tarkibi yosh futbolchilardan iborat. "Qo'qon-1912", "Buxoro", "Mashal", SHo'rtan" kabi tajribali futbolchilari bor bo'lgan jamoalarga qarshi qanchalik jiddiy kurasha olasizlar?

- Tarkibimiz yosh ekani to'g'ri. Biz maydondan tashqarida bu jamoalarni hurmat qilamiz. Superliga vazifasi qo'yilgan klublar. Maydonda har bir raqibga qarshi g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика